1990: Karimov Mustaqillikka qarshi bo'lganmi?

BBC O'zbek Xizmati O'zbekiston mustaqillikka erishgani 25 yilligiga bag'ishlab "Mustaqillik yilnomasi" ni tayyorladi

Bundan roppa-rosa chorak asr muqaddam O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan edi..

74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.

Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, 78 yoshli Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'moridir.

Ammo o'zbek xalqi mustaqillikka erishgani holda, ozod va farovon hayotga erishmagani haqida afsus bilan gapirayotganlar ham oz emas.

Mustaqillik e'lon qilingan 1991 yilning avgustidan buyon dunyo 21-asrga, axborot va texnologiya asriga qadam qo'ydi, O'zbekiston esa o'z tarixini qaytadan yozib chiqishga ulgurdi.

BBC solnomasi mustaqil O'zbekiston tarixining yozilmagan sahifalarini ham o'z ichiga olgan.

1990 yil O'zbekistonda ikki fikrdagi insonlar orasida bahslar kuchaygan. Bir taraf mustaqillik istagan, ammo aksar hokimiyat vakillari va afkor omma SSSRda qolishga tirishganlar.

Shunga qaramay, 1990 yil O'zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi. Ayni yil Sovet O'zbekistoni va o'zbek xalqi taqdirini qanday o'zgartirib yuborgan?

1990 yil va ijtimoiy tarmoqlardagi BBC O'zbek sahifalarida tomosha qiling.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio