Rossiya matbuoti: "O'zbekistonda inqilob bo'lmaydi"

Karimov Image copyright Reuters

Nima uchun Toshkent o'zbek rahbarining sog'ligi to'g'risida hech narsa demayapti?

Haftalik "Vedomosti" gazeti bu savolga javob qidiradi. - "O'zbek Prezidenti Islom Karimovning salomatligi sir qolmoqda... "Yurtboshi"ning sog'ligi muqaddas qadriyatga, davlat barqarorligining ramziga aylantirilmoqda... Bunday vaziyatda nekrolog to'g'risida so'z bo'lishi mumkin emas, hatto shifokorlarning xulosasi ham qachonki ichki elitaning hokimiyat uchun mojarolari hal qilinib, merosxo'r tayin bo'lgach va lavozimlar taqsimlab olingach, oshkor etilishi mumkin", deyiladi Pavel Aptekarning "Salomatlik manbasi" sarlavhali maqolasida.

"Karimovning o'limi prezident apparatidagi anonim manbalar tomonidan aytilmoqda. Ayni vaqtda hukumat Karimovni tirik ekanligi to'g'risida video chiqarishlari va Mirziyoev murojaat bilan chiqishi mumkin edi.

Biroq ular sukut saqlashmoqda... Kuchlar bo'lib olinmoqda... Buning uchun esa vaqt zarur", deydi Fergana.ru saytining muharriri Danil Kislov kundalik "Moskovskiy komsomolets" ro'znomasi jurnalisti Lyudmila Aleksandrovaga bergan "Bu klinik o'lim edi" sarlavhali intervyusida.

"O'zbekiston hukumati hokimiyat almashinuvi qanday amalga oshishi to'g'risida muzokaralar qilmoqda, deydi MDH davlatlari institutining Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbari MDH davlatlari institutining Markaziy Osiyo bo'yicha tahlilchi Andrey Grozin RBK gazetasida - o'zbek hukumatining prezidentning sog'ligi to'g'risida aniqroq, kengroq ma'lumotni taqdim etmaslik istagiga izoh berar ekan...

Agar prezident tirik bo'lsa, keyingi prezident kim bulishi haqida kelishuvga kelinmaganligi bois e'lon qilinmayapti, deydi tahlilchi Polina Ximshiashvili va Yevgeniy Ovcharovning "Taxtga kim keladi" makolasida.

"Nezavisimaya gazeta"ga gapirgan tahlilchi Aleksandr Knyazev "O'zbekistondagi asosiy siyosiy elita aholi orasida inqilobga urinish ehtimolidan xavotir olmaydi" deydi. Murakkab o'tish davrida, albatta, tashqaridan mamlakat ichkarisida vaziyatni beqarorlashtirish urinishlari bo'lishi mumkin, biroq hukumat uni tez orada bartaraf etish imkoniga ega...

"Har qanday gipotetik-xayoliy beqarorlashtirishga qarshi harakat jamoatchilikni quvvatloviga sabab bo'ladi", deb aytadi Knyazev Viktoriya Panfilovaning "O'zbekistonda inqilob bo'lmaydi" maqolasida.

Hukumat o'zgargan taqdirda O'zbek-Rossiya aloqalarining istiqboli qanday?

"Vedomosti" gazetiga ko'ra, - "Toshkent Xitoy-Rossiya-AQSh o'rtasida ko'p qirrali siyosatni davom ettiradi, bunda g'arbparast vektorni ko'proq aniqlab olish kerak bo'ladi, chunki mamlakat investitsiya va yangi texnologiyalarga muhtoj, Moskva esa uni ta'minlashga imkoni yo'q.

O'zbekiston bundan oldin Moskva umid qilgan Ovroosiyo ittifoqiga xam qo'shilishi kutilmaydi.

Va albatta Toshkent ODKB - Kollektiv Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga azalgi munosabatini saqlab qoladi. Ya'ni, Toshkent kunlardan birida unga kirgan, keyin yana chiqqan edi... Umuman olganda, Rossiya Toshkentdagi voqealarni kuzatib turuvchi roli bilan cheklanib turadi... deydi Moskvadagi Karnegi markazidan ekspert Aleksey Malashenko "Toshkentda hammasi tinch" nomli maqolada.

"Mintaqaviy masalalar instituti bo'lim rahbari Dmitriy Juravlevning "Izvestiya"ga aytishicha, O'zbekistonda hokimiyat almashinuvi Rossiya-O'zbekiston munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi ehtimoldan uzoq. Sababi shuki, bu hamkorlik oldinlari ham juda yaqin bo'lmagan. "O'zbekistan Rossiya hamfikr deb bo'lmaydi, lekin shu bilan birga, unga qarshi ham emas. O'rtada masofani saqlashga harakat qiladi. O'zbekiston uchun qo'shnilari va Xitoy bilan hamkorlik muammolari ko'prok muhim, deydi Dmitriy Juravlev. "Andrey Ontikov va Georgiy Asatryanlarning "Karimov klani O'zbekistonda qudratdan tashqarida" maqolasida.

"Moskovskiy komsomolets" shunday yozadi - "Faqat hozirgi siyosiy amaldorlar ichidagi odam Toshkentda prezident bo'lishi mumkin. Bu hammani qiziqtiradi, jumladan, kamida mintaqada strategik barqarorlikni saqlanishidan manfaatdor Rossiya uchun ham muhim. Albatta bu inson Karimovdan ko'ra ko'proq harakatchan va unga nisbatan Rossiya ortidagi siyosiy o'yinlarga kamroq moyil odam bo'lishi yaxshiroq albatta. Biroq Moskvaning bu istaklariga O'zbek "siyosiy bozori"da e'tibor qaratilishini kutib o'tirish ham kerak emas deydi Mixail Rostovskiy "Tamerlan merosini kim oladi?" nomli maqolada.

"Prezident o'zgarishi bilan Rossiya va O'zbekiston o'rtasida qandaydir jiddiy iqtisodiy munosabatlardan umidvor bo'lish xam shart emas, deb aytadi Oliy iktisod instituti eksperti Sergey Puxov RBK ning rbcdaily.ru saytiga - ... Rossiya bilan munosabatlar ko'prok siyosiy mazmunga ega, deb kayd kiladi u. O'zbekistonda hokimiyat o'zgarishi yaqin vaqtda Rossiyaning bu mamlakatdagi biznesiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi dargumon", Anton Feynbergning "Ko'p muhojirlar, kam investitsiya" makolasida.

O'zbekiston Prezidentining ahvoli va mamlakatdagi vaziyat haqida shu kunlarda G'arb matbuoti ham ko'plab maqola va tahlillar chop etmoqda. Hech mubolag'asiz aytish mumkinki, shu vaqtgacha O'zbekistondagi vaziyatga deyarli umuman e'tibor qaratmagan nashrlarda ham Islom Karimov nomi bilan bog'liq maqolalar paydo bo'lgan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring