1992: Prezidentning ilk qasamyodi va o'qqa uchgan talabalar

Karimov, 1992 yil Image copyright Photoshot

Bundan roppa-rosa chorak asr muqaddam O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan edi.

74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.

Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, 78 yoshli Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'moridir.

Ammo o'zbek xalqi mustaqillikka erishgani holda, ozod va farovon hayotga erishmagani haqida afsus bilan gapirayotganlar ham oz emas.

Mustaqillik e'lon qilingan 1991 yilning avgustidan buyon dunyo 21-asrga, axborot va texnologiya asriga qadam qo'ydi, O'zbekiston esa o'z tarixini qaytadan yozib chiqishga ulgurdi.

BBC solnomasi mustaqil O'zbekiston tarixining yozilmagan sahifalarini ham o'z ichiga olgan.

1992 yil esa O'zbekiston tarixida Islom Karimov qudratini mustahkamlashi uchun o'ziga xos "poydevor" yili bo'lgandi.

Ilk qasamyod, ilk konstitutsiya, ilk xorijiy do'stlar, umuman olganda, davlat sifatida mustaqil bo'lgan O'zbekistonning ilk qadamlari... talabalar shaharchasida qo'zg'olon va ikki talabaning o'qqa uchib nobud bo'lishi ham shu yilga to'g'ri keladi.

1992 yilning muhim voqealari jamlangan videolavhani YouTube kanalimizda tomosha qiling.

1991 yil: O'zbekiston qarsaklarsiz mustaqil bo'lgandi

1990: Karimov Mustaqillikka qarshi bo'lganmi?

"Mustaqillik yilnomasi"ni BBC UZBEK da tomosha qiling!

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring