"Karimov mashmashasi Xitoyga zarba"

Karimov

Xalqaro inqiroz guruhining aytishicha, agar Prezident Islom Karimov vafot etgan bo'lsa, Xitoy bilan Yangi Ipak yo'li loyihasi bilan muammolar bo'lishi mumkin.

Karimovning o'limi O'zbekistonni taxt uchun kurashga tortar ekan, barqarorlikka putur yetkazishi, terroristlarga umid berib, Yangi Ipak Yo'li loyihasiga putur yetkazishi mumkin.

Insult haqida xabardan keyin butun dunyoda taxminlar urchib, prezident Karimovning maqomiga bog'liq noaniqlik paydo bo'ldi. Ayni vaqtda muxolifat tomonidan uning o'limi to'g'risida mish-mishlar tarqaldi. Biroq hukumat buni na tasdiqladi va na inkor qildi.

Muxolifatning aytishicha, Karimovning o'limi o'tgan payshanbadan- dushanba kungacha bo'lgan vaqt ichida ro'y bergan. Boshqa tomondan esa, chorshanba kuni Karimovning kichik qizi Lola duo qilayotganlarga minnatdorchilik bildirib, otasi tuzala boshlaganini aytdi.

Karimov hokimiyatni yordami yakkahokimlik tarzida 1989 yildan buyon boshqarib keldi. Natijada, O'zbekiston Mustaqillikning 25 yilligini nishonlash arafasida Karimovning mavhum ahvoli bayramga soya soldi.

Agar mamlakatda faqat bitta rahbar bo'lsa, uning o'limi davlatchilik va uning barqarorligi borasida jiddiy savollarni olib chiqdi.

Xalqaro inqiroz guruhining markaziy osiyo loyihasi direktori Deyrdre Taynan O'zbekistonda yuzaga kelgan vaziyatga baho berar ekan, "bu oldindan kutilgan katta bir sinov" deydi.

Agar O'zbekiston qoqilsa, hokimiyatni boshqa qo'lga o'tishi siyosiy boshboshdoqlikka aylanib ketsa, mamlakatda qarama-qarshiliklar paydo bo'lishi, bu holat Markaziy Osiyo kabi vaziyat nozik bo'lgan butun mintaqaga tarqalib ketish ehtimoli juda yuqori.

Karimovdan keyingi O'zbekiston Xitoy-Rossiya raqobatini oldingi planga suradi.

Karimov allaqachonlar yaxshimi yoki yomon mamlakatda barqarorlikni saqlab turgan kuchga aylangan. Ayni vaqtda uning salomatligi yomonlashgani kutilmagan emas, lekin hokimiyat kimga o'tishi noaniqligi baribir saqlanib qolaveradi.

Boshqaruvdagi oilaning kurashdan chiqqani to'g'ridan-to'g'ri merosxo'r masalasini o'rtadan oladi. Hozir eng ehtimoliy nomzod Bosh vazir Shavkat Mirziyaev hisoblanadi.

Karimovdan farqli ravishda Mirziyoev kamroq qattiqqo'l va Rossiya istayotgan odam. Moskva diplomatlariga Karimov hech qachon keng quloch ochmagan.

Rossiya umid qilishicha, Mirziyoev ko'proq rusparast va ehtimolki, O'zbekiston yana Kollektiv Havfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lishi mumkin.

Moskva Karimovdan keyingi O'zbekiston OvroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shilish uchun ochiq bo'lishidan umidvor.

Rossiya uchun eng muhim jihat shuki, Mirziyoev MXX raisi Rustam Inoyatovning dastagiga ega. Sobiq KGB xodimi Rustam Inoyatovning MXXda faoliyatni davom ettirishi Rossiya bilan ikki tomonlama aloqalarda, ayniqsa Vladimir Putinning sobiq hamkasblari bilan munosabatlarda qo'l keladi.

O'zbekistonda hokimiyatda bo'shliq paydo bo'lishi Rossiyaga mintaqaviy masalalarda o'z ta'sirini o'tkazishda qo'l kelishi mumkin. Bu ta'sir Xitoy Markaziy Osiyo tobora ko'proq investitsiyalar kiritishi ortidan ancha susaygan edi.

Karimov rahbarligida O'zbekiston Xitoy iqtisodi va xavfsizlik tizimlari bilan yanada yaqinlashdi.

O'zbekiston 2001 yilda Xitoy rahbarligidagi Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'ldi. Toshkentda 2002 yilda tuzilgan ShHT ning doimiy tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tizim RATSning idorasi bor. Bu Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zolari o'rtasida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo'yicha ko'p tomonlama kelishuv hisoblanadi.

RATS va ShHT birgalikda Xitoyga mintaqada xavfsizlikni ta'minlash bilan birga, Xitoy investitsiyalarini Markaziy Osiyoda himoya qilishga yordam beradi.

O'zbekiston RATSni Toshkentda joylashtirib ShHTda muhim rolni qo'liga oldi.

Bundan tashqari, Xitoyning mintaqada barqarorlikni mustahkamlash harakatlariga qaramasdan, Markaziy Osiyodagi davlatlarning chegaralar bo'yicha bahslari, muammolar saqlanib qolaveradi.

Jumladan, O'zbekiston Qirg'iziston bilan 1000 kmlik chegarasidagi 300 kmlik qismi ustida bahslashib, uni o'ziniki ekanini aytmoqda. Payshanba, 25 avgustda O'zbekiston bu munozaralar manzarasida chegarada to'rt qirg'iz fuqarosini ushlagani taranglikni yana kuchaytirgan.

O'zbekistonning bu qadami Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambaevni oldingi rahbarlar tomonidan qo'shni davlat bilan imzolangan chegara kelishuvlari bo'yicha xalqaro tekshiruvni chaqirishiga turtki bo'ldi. Bu janjalli bahslar ShHTning jipsligiga soya soladi. Shuningdek, chegaralar osha iqtisodiy integratsiya harakatlarini savol ostiga quyadi.

O'zbekiston hukumatining harakati Karimov sog'ligiga e'tiborni chalg'itib, o'z kuchini namoyish etish ham bo'lishi mumkin.

Qirg'iziston bilan munosabatlar yana shunisi bilan murakkabki, mintaqada aholisi eng jich O'zbekiston mintaqada harbiy qudrati bo'yicha ham yetakchi.

Shu yilning 23-24 iyun kunlari Toshkentda ShHTning navbatdagi sammiti bo'lib o'tdi. Bu uchrashuvda Xitoy O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga va'da berdi va Ipak yo'li dasturining muhim loyihalaridan biri Markaziy Osiyodagi eng uzun tunnel- Qamchiq dovoni osha qurilgan temir yo'l ochilishini bayram qildi.

O'zbekiston Xitoy uchun qimmatli xomashyo manbasi, xususan, uran, tabiiy gaz va oltin bo'yicha. O'zbekiston ayni paytda yiliga 55 milliard kubometr tabiiy gaz eksport qiladi. Bu Xitoyning yillik gaz talabining 20 foizini tashkil qiladi.

Har qanday beqarorlik, xoh u Qirg'iziston bilan bog'liq bo'lsin, xoh mamlakat ichkarisida hokimiyat kurashiga taaluqli jarayon Xitoy buni diqqat bilan kuzatishi tayin. Karimovdan keyin hokimiyatdagi bo'shliq yoki boshqa salbiy holatlar nafaqat Xitoy iqtisodi manfaatlariga tahdid qiladi, shuningdek, nodavlat sub'ektlar uchun ham imkoniyat ochib beradi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yokiBBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring