Karimov, Samarqand va ijtimoiy tarmoqlar

Samarqand
Image caption Samarqanddan kelayotgan xabarlarga ko'ra, dafn marosimiga hozirlik ko'rilmoqda.

2 sentyabr kuni Vazirlar mahkamasi Prezident Islom Karimovning ahvoli haqidagi murojaat tarqatgan.

"Chuqur qayg'u bilan shuni ma'lum qilamizki, o'tgan sutkada Prezidentimizning sog'lig'i birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o'ta og'ir deb baholamoqda", - deyiladi davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarda.

Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kundan beri davom etayotgan bahslar kuchaygan.

Facebook va Instagramdagi izohlardan ayrimlari(tahrirsiz)

Kirill Bannikov "Bu hukumatning aldamchi harakati - habarlarni ma'lum ketmaketlikda tarqatish… Keyinroq o'sha, asosiy va qayg'ulik habarni e'lon qiladilar... Halqni sekin, sekin tayyorlash kerak, hamma bizdak internetdan habarni olmaydi, har kuni ertalab aloqa bo'limiga yangi gazetalarni olishga boradigon sodda fuqarolar ham yoq e'mas", deb yozadi.

Safarov Shoxrud: Manimcha 9:00 da elon kilishadi, TV kurila.

Guzal Alijanovna Boldi qilinglar! Hamma gap togri bugun erta tong 5da samarqand viloyatining hamma tuman militsiya xodimlari dafn marosimida xavfsizlikni taminlaw maqsadida samarqand waxarga olib kelingan!

Xonim: Ming afsuski, biz xalqni asta-sekinlik bilan psixologik tayyorlab borishyapti. Odamlarda panika (vahima) ko'tarilmasin degan maqsadda. Bu mening shaxsiy fikrim. Xamma qatori men ham prezidentimiz tirik qolishiga ishonaman, lekin shifokorlar vaziyatni o'ta og'ir deyishibdi :(((

Bakhtiyorjon Ubaydullaev: Ming afsuski yaqin soatlarda,ya'ni Juma namozigacha Eng Sovuq,Eng Mash'um habarni e'lon qilib uqib eshittirishadi,va yurtimizning butun masjidlarida Jum'a namozidan keyin ming afsuski Janoza Namozi uqiladi.......... Ey Allohim Ilohim Aytganlarim notug'ri bulib hammalaringizni oldingizda uyalib qolay...

Image copyright Internet

Lazizova Diyora: Ollohim uzing asra duo qilaylik

Abdulloh Mahkamov @Lola Karimova, iltimos qilamiz sizdan, bizga yurtboshimizni sihatliklari xaqida ma'lumot Bering!!! Barcha sovuq xabarlarni yolg'on deb ayting!!!

Macsud Hamidov Lolaxon bu yalgon deng iltimos xamma xalk duo kilyapdi sanjarbek_97 Ey olloxim prizidentimizga yani Otamizga sog'liqlarini qaytarib ber shuncha 27 yil biz uchun kechayu kunduz uxlamasdan mexnat qildilar O'zbekistoni 25 yil ichida dunyoga tanitilar. Ey olloxim Otamizga sog'liqlarini qaytarib ber ol mayli roziman meni jonimni ol ammo Otamizni sog'liqlarini qaytarib ber. Otamizga biror kor xol bo'sa Vatanimiz axvoli ne kechadi. Otamiz xali davlatimizga xalqimizga kerak. Men olloximda faqat bitta narsa sóriman Otamiz sig'ayub ketsinla bowaqa zech naesa kerak emas menga. Xameyladan iltimos qilaman Otamizzi duo qililar.

xosi_and_ramz U tirikmi yoki yoqmi, yuraklarimizda mangu yashaydilar bobojon.

Feysbukdagi "Zdorovya Karimovu" guruhi sahifasida Muqaddas Bötaboeva: Siz doimo qalbimizda barhayotsiz.

Sur'at Yusupov: YIG'LA, O'ZBEKISTON

Yig'la, O'zbekiston, yig'la, el bugun,

Yurtboshimiz hayotin guli so'ldi.

Qarang, o'zi yurtni ozod qilgan kun,

Ruhi ozodlikka chiqqan kun bo'ldi.

O'zbekiston degan ulug' davlatni,

Nima qilsa qildi, dunyo bilguncha.

Eh, chekdilar qancha-qancha zahmatni,

Bu yurtni yurt, bu elni el qilguncha.

Ayriliqni eshitib kenja o'g'lim,

Mung'aygancha ko'zi bilan chizib er.

Biyinchi sinfga boysam, endi kim,

Menga sumka, kitob, daftay beyay, der.

Yuragim bandidan uzildi, yoki,

Ko'zimgamas bo'g'zimga keldi yoshim.

Shu olti yosh bolalarning hattoki,

Orzusida bor ekan-a Yurtboshim.

Bu o'limdan xursand bo'lgan ey, beg'am,

Bugun balki rosa xandon otarsan.

Lekin shuni unutib qo'yma, sen ham,

Bir kun o'lim sharbatidan totarsan.

G'amimizdan yov shod, do'st ko'z yoshlaydi,

Har kimning qismati o'z tilagida.

Yurtboshimiz endi yashay boshlaydi,

Millionlab o'zbekning pok yuragida.

Javlonbek Miyassarov: Bir bor o'giriling bobo xalqingizga!

Khamro Togonov: "Xalkni sekin-sekin kuniktirayapdi, 3,4saotlardan keyin uldi deb aytadi endi".

Image caption Samarqandda Registon atrofi to'sib qo'yilgan

"Men Registon maydoni to'g'risida yashayman va ishlayman. Bugun soat 17 ga yaqin juda ko'p qora mashinalar o'tdi... Keyinroq "butun maydonni o'rab olishdi. Juda ko'p farroshlar tozalash olib borishmoqda... Eng yomoni bizning uchastkoviy ertaga bayram bo'lishini aytdi. Va yomon, juda yomon bayram bo'lishini qo'shib qo'ydi... Karimov oilasining uyi ta'mirlashdi... Shuningdek, ko'p odamlar Shohi Zindadagi qabristonni tozalashmoqda... Biz ham hozir subbotnikdamiz... Hammaga allaqachon ayon bo'lgan. Ertaga ertalab maydonda Otamiz xotirasiga miting bo'ladi.", deb yozadi samarqandlik yashovchi.

Igor Mixaylov: Diktator ustidan a'za. Qaygurmanglar. Ertaga silarga yangi (diktator) tayinlanadi. O'sha odamga sig'inasla. Ahir sizlar boshqachasiga yashay olmayslarku.

Abu Izzatulloh: Islom dinining va musulmonlarning dushmanidozzahga hush kelibdilar insha Alloh.

Simon Heepmayer: Hech kim Andijonni eslamadi. Qullar.

Hatice Şakir: Yaxşiysmki hammani manqurt qilib ulgurmabdi kabi izohlar qoldirilgan.

"Nega bu xabarlar yashirincha biri unday biri bunday xabar tarqatadi. Otamiz tuzukmi yoki nega yashirishyaptilar. Davlatimiz bayroqlari nega olindi. Bizlar bilishga haqqimiz bormi, yo'qmi? Nega axir bayroqlar yurtimiz tinchligini bildiradiki. Faqat to'g'risini bilishni xohlaymiz otamiz haqida. Iltimos, sizlardan biron xabar beringlar. Xalq qiynalib ketdi shov-shuvlardan", deyiladi Telegramdagi izohlardan birida.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring