Britaniya matbuoti: O'zbek rahbari tirikmi yoki yo'q?

"Hatto o'limni ham yashirsa bo'ladi"

"Amerikalik siyosiy arbob Benjamin Franklin kunlardan birida qayd etgandiki, bu dunyoda o'lim va soliqlardan boshqa hech bir narsa haqida to'liq ishonch bilan aytish mumkin emas. Biroq Islom Karimov bu tartibni shubha ostiga qo'ydi.

O'lim yoki yo'q - O'zbekiston Prezidenti Rossiyada joylashgan axborot agentliklarida uning vafoti haqida paydo bo'lgan xabarlardan bir necha kun o'tib ham to'liq sirga o'ralgan", deb yozadi Guardian ro'znomasi.

"Ommaviy axborot vositalari axborot bo'shlig'iga dosh bera olmaydi. Ro'znoma shu o'rinda o'zining shafqatsizligi bilan mashhur xitoy imperatori Tsin Shixuandining o'limi bilan bog'liq vaziyatni tilga oladi.

Vafot etgan payti imperator mamlakat bo'ylab safarda bo'lib, poytaxtdan ikki oylik yo'lda joylashgandi, hikoya qiladi Guardian.

Aytishlaricha, bosh vazir va bosh g'ulom, qo'zg'olon ko'tarilishidan qo'rqib Tsin Shixuandi o'limini fuqarolaridan yashirishga qaror qilishadi: uning izvoshiga avvalgidek ovqat va kiyimlar olib kelishda davom etishadi, o'lik hidini yashirish uchun esa yoniga aynigan baliq ortilgan aravani qo'shib qo'yishadi. Ayni paytda saroy mulozimlari ularni to'liq qoniqtiradigan hokimiyatni rejasini tuzib chiqishadi.

O'shandan beri ikki ming yil o'tdi. Biroq, bugungi O'zbekistonda aynan shunga o'xshash holat bo'layotganini nazardan soqit qilib bo'lmaydi, deb yozadi Guardian.

Biz to'liq ishonch bilan janob Karimov tirik yoki o'likligi haqida ayta olmaymiz. Biroq shunga aminmizki, uning xalqi haqiqatni bilishga haqlidir, deydi

Guardian.

Karimovning ekstravagant qizi Gulnoraga bir qancha muddat oldin otasining ehtimoliy merosxo'ri sifatida qaralgandi, ammo 2014 yil u uy qamog'iga olinganiga ishoniladi va hozirgi taqdiri noaniq, deb qayd etadi ro'znoma.

Ayni vaqtda o'zbek siyosiy elitasi hokimiyat uchun qattiq kurash olib bormoqda.

Vaziyat ochiqdan ochiq yolg'onligini anglatib tursa ham, 31 million O'zbekiston fuqarolari uchun hozir sodir bo'layotgan voqea hech ham kulguli emas, deb hisoblaydi Britaniyaning gazetasi.

Shuningdek, rahbar almashinuvi bilan oddiy fuqarolarning hayoti qandaydir tarzda yaxshi tomonga o'zgarishi bo'yicha ham biror bir belgi ko'rinmaydi.

"Amaldorlarning manfaati uchun hatto o'limni ham yashirish mumkin: davlat uni e'lon qilmagunicha, hatto haqiqat ham mavjud emas", deb kinoya qiladi gazeta.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring