Kreml Islom Karimovga bog'liq xabarni izohladi

Karimov, Putin

Rossiya Prezidenti Putinning matbuot kotibi Peskov oldinroq Reuters agentligining uch diplomatik manbaga iqtibosan Karimov vafot etgani to'g'risida tarqatgan xabarini izohlagan.

"Hozircha ma'lumotlar kelgani yo'q. Bunday vaziyatda faqat Toshkentdan yuborilgan rasmiy xabargina birinchi manba bo'la oladi", deb aytgan Putinning matbuot so'zchisi Dmitriy Peskov RBK muxbiriga.

Agar Karimov vafot etgan bo'lsa, Rossiya rahbari dafn marosimiga boradimi? - degan savolga bunga javob berish hozir o'rinsizligini aytgan u.

78 yoshli O'zbekiston rahbarining kasalxonaga yotqizilgani to'g'risida xabar 27 avgust shanba kuni ma'lum bo'lgan edi.

Yakshanba kuni kechqurun esa Fergana.ru sayti o'zining manbalariga asosan Islom Karimovning vafot etgani haqida xabar tarqatdi.

Biroq O'zbekiston hukumati bu xabarni tasdiqlamadi, ayni vaqtda inkor ham etib chiqmadi.

2 sentyabr, juma kuni O'zbekiston Vazirlar mahkamasi Islom Karimovning salomatligi "o'ta og'irlashgan"i to'g'risida davlatga qarashli ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum qildi.

Prezident Islom Karimovning vatani Samarqandda davlat rahbarini dafn marosimiga tayyorgarlik ishlari boshlangani haqida xabarlar chiqdi.

Reuters agentligi o'zining manbalariga tayanib xabar berishicha, yaqin vaqtda Islom Karimov Samarqandda dafn etilishi kutiladi.

Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda o'tgan tundan boshlab shoshilinch tozalash ishlari ketayotgani aks etgan suratlar paydo bo'lgan edi.

Bundan tashqari, Reuters agentligi Qozog'iston rahbari Nazarboev 3 sentyabrda Toshkentga borishini bildirgan.

Samarqanddan kelayotgan xabarlarga ko'ra, bugun juma namozida davlat rahbarining sog'ligiga "O'zi qadari bilan dard berdi, o'zi shifosini bersin!", deb duo qilishgan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/2c00djI yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/2bHZ9nr)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring