Turkiya Bosh vaziri: Islom Karimov vafot etdi

каримов

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov olamdan o'tganini bildirdi. O'zbekistondagi rasmiy manbalar prezidentning o'limi haqidagi xabarni tasdiqlaganlari yo'q.

O'tgan hafta 78 yoshli Karimov miyaga qon quyilishi bilan kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Juma kuni O'zbekiston Vazirlar mahkamasi prezidentning salomatligi "o'ta og'ir ahvolda"ligini bildirdi.

Shuningdek, 3 sentyabrda Karimovning ona shahri Samarqandda xalqaro aeroport maxsus ruxsati bo'lmagan uchoqlar uchun butkul yopilgani aniq bo'ldi.

"O'zbek Prezidenti Islom Karimov olamdan o'tdi. Alloh uni rahmatiga olsin. Turkiya Respublikasi o'zbek xalqining qayg'usiga sherik", deb aytgan janob Yildirim Turkiya televideniesida jonli ko'rsatilgan vazirlar mahkamasining yig'ilishida.

Oldinroq Reyter agentligi uch diplomatik manbasiga iqtibosan o'zbek rahbari vafot etgani haqida xabar tarqatgandi.

Biroq bu xabar rasman tasdiqlanganicha yo'q.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bu borada ishonchli manba faqat O'zbekiston hukumatining rasmiy xabari bo'lishi mumkinligini aytgandi.

U shuningdek, Karimovning vafoti tasdiqlansa, Vladimir Putin dafn marosimiga boradimi, degan savolga ham izoh berishni istamagan.

Qandaydir muhim tadbirga tayyorgarlik

Xalqaro parvozlarni nazorat qiladigan NOTAM tashkiloti xabar tarqatishicha, Samarqand shahrining aeroporti 3 sentyabr kuni parvozlar uchun butkul yopiladi.

Bundan oldin kecha 1 sentyabrdan boshlab Samarqand shahrida qandaydir muhim tadbirga tayyorgarliklar boshlangani xabarlari tarqaldi.

Bugun Samarqand shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, aksar ko'chalar, shu jumladan, Registon maydoni ham o'rab olingan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring