Imomali Rahmon 3 sentyabrda O'zbekistonga boradi

Imomali Rahmon va Islom Karimov

Tojikiston rahbari Imomali Rahmon 3 sentyabr shanba kuni O'zbekistonga uchadi, deb xabar beradi Aziya plyus web sayti diplomatik manbalariga binoan.

Ma'lum qilinishicha, Imomali Rahmon boshchiligida kichik rasmiy delegatsiya ham qo'shni davlatga borishi kutiladi.

Oldinroq Reuters agentligi uch diplomatik manbalari bergan ma'lumotlar asosida Islom Karimov vafot etganini xabar qilgandi.

Bundan tashqari Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim ham mamlakati deputatlari bilan yig'ilishda O'zbek rahbari Islom Karimovning olamdan o'tganini bildirgan. "Alloh rahmat qilsin. Turkiya o'zbek xalqining qayg'usiga sherik" deb ta'ziya bildirgandi.

Reuters agentligiga ko'ra, 3 sentyabrda Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboevning ham O'zbekistonga kelishi kutiladi.

Qirg'iziston delegatsiyasiga Bosh vazir Soronbay Jonbekov rahbarlik qilishi aytilgan.

Xalqaro parvozlarni nazorat qiladigan NOTAM tashkiloti xabar tarqatishicha, Islom Karimovning ona shahri Samarqandda aeroporti 3 sentyabr kuni parvozlar uchun butkul yopiladi.

Bundan oldin kecha 1 sentyabrdan boshlab Samarqand shahrida qandaydir muhim tadbirga tayyorgarliklar boshlangani xabarlari tarqaldi.

Bugun Samarqand shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan,aksar ko'chalar, shu jumladan, Registon maydoni ham o'rab olingani mahalliy aholi tomonidan aytildi.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring