1996: Milliy avtomobil va milliy jangarilar

O'zbek avtomobili Image copyright Getty Images

Bundan roppa-rosa chorak asr muqaddam O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan edi.

74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.

Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, 78 yoshli Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'moridir.

Ammo o'zbek xalqi mustaqillikka erishgani holda, ozod va farovon hayotga erishmagani haqida afsus bilan gapirayotganlar ham oz emas.

Mustaqillik e'lon qilingan 1991 yilning avgustidan buyon dunyo XXI asrga, axborot va texnologiya asriga qadam qo'ydi, O'zbekiston esa o'z tarixini qaytadan yozib chiqishga ulgurdi.

Image copyright Getty Images

BBC solnomasi mustaqil O'zbekiston tarixining yozilmagan sahifalarini ham o'z ichiga olgan.

1996 yilga kelib O'zbekiston avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. Avtosanoat istiqlol yutug'i deb ko'riladi.

Ammo, shu yil valyuta amaliyotlari cheklandi.

Qo'shni davlatlarga qochgan jangarilar O'zbekiston Islomiy Harakatini tuzishdi. Mamlakat jangari diniy muxolifat tahdidiga yuz tutdi.

1996 yilning muhim voqealari jamlangan videolavhani YouTube kanalimizda tomosha qiling

1995: Yoqilg'isiz neft mustaqilligi va "cho'ntak partiyalar"ning tug'ilishi

1994 yil: So'mning "tug'ilib, bo'g'ilishi"

1993: Toshkentdagi otishmalar va muxolifatga bosimlar

1992: Prezidentning ilk qasamyodi va o'qqa uchgan talabalar

1991 yil: O'zbekiston qarsaklarsiz mustaqil bo'lgandi

1990: Karimov Mustaqillikka qarshi bo'lganmi?

"Mustaqillik yilnomasi"ni BBC UZBEK da tomosha qiling!

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring