Ислом Каримов вафотидан сўнг инсон ҳуқуқлари вазияти ўзгарадими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Islom Karimov vafotidan so'ng inson huquqlari vaziyati o'zgaradimi?

Parijda joylashgan "O't yuraklar klubi" Inson huquqlari tashkiloti O'zbekiston prezidenti Islom Karimov vafotidan so'ng mamlakatda boshqaruvni qo'lga olajak yangi rahbariyatga murojaat qilib, vaziyatni yaxshilash yo'lidagi o'z taklif mulohazalarini chop etgan.

"Biz O'zbekiston Fuqarolik jamiyati vakillari, Prezident Islom Karimov vafoti munosabati bilan O'zbekistonda yangi siyosiy jarayonlar boshlanadi, degan katta umiddamiz!", deyiladi ushbu bayonotda.

Lekin mamlakat ichidagi huquq faollari hozircha bu kabi yaxshilanishga umid ularda yo'q ekanligini aytishmoqda.

BBC bilan suhbatda "O'zbekiston mustaqil huquq himoyachilari alyansi"dan Shuhrat Rustamovning aytishicha, janob Karimovning vafotidan o'tgan bir necha kun ichida faollarga nisbatan tazyiqlar davom etgan.

"Masalan Malohat Eshonqulova nabirasining tug'ilishi munosabati bilan tashkil etilajak marosimga borayotgan yo'lida Xavfsizlik Xizmati xodimlari tomonidan qarshilikka uchragan. Bundan tashqari unga uydan chiqmasdan o'tirish ko'rsatmasi berilgan", dedi faol.

Shuhrat Rustamovning aytishicha, bu kabi tazyiqlar shaxsan unga nisbatan qo'llanmagan, lekin qator boshqa faollarga nisbatan xuddi shunday ko'rsatmalar berilgan.

"Shunday ekan, Islom Karimov vafotidan so'ng mamlakatda vaziyat o'zgaradi degan umid bizda yo'q", deb aytdi Shuhrat Rustamov.

Ana shu kabi manzarada "O't yuraklar klubi" bayonotida aytilmish "katta umidlar mavjudligi"ning asosi nimada?

Klub rahbari Mo''tabar Tojiboevaning aytishicha, "25 yildan ortiq muddat mobaynida O'zbekistondagi inson huquqlari vaziyati mutassil ravishda tanqid ostiga olinganidan mamlakatning yangi rahbariyati saboq chiqarishiga" faollar umid qilmoqda va bu saboq islohotlar va o'zgarishlarni amalga oshirishga turtki beradi, deya o'z kelajak harakatlarini rejalamoqda.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio