"O'zbekiston AQSh bilan barqaror munosabatlarni istaydi"

AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Deniel Rozenblyum Toshkentda o'zbekistonlik jurnalistlar bilan Image copyright U.S EMBASSY TASHKENT
Image caption AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Deniel Rozenblyum Toshkentda o'zbekistonlik jurnalistlar bilan

AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Deniel Rozenblyum Toshkentda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan.

Amerika Qo'shma Shtatlarining Toshkentdagi elchiligi tarqatgan xabarda aytilishicha, "janob Rozenblyum Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O'zbekiston xalqiga Qo'shma Shtatlar nomidan hamdardlik bildirish hamda AQShning O'zbekiston suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi tarafdori ekanini tasdiqlash maqsadida O'zbekistonga tashrif" buyurgan.

Bu Prezident Islom Karimovning vafotidan keyin O'zbekistonga yuqori lavozimli AQSh rasmiysining birinchi tashrif bo'lgan.

Xabarlarga ko'ra, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Davlat kotibi yordamchisi o'rinbosari Deniel Rozenblyum bilan uchrashuvda Prezident Karimov vafotidan keyin ham AQSh O'zbekiston bilan oldingi aloqalarni saqlab qolish tarafdori ekanini aytgan.

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi yuz berayotgan ilk rahbariyat o'zgarishi paytida AQSh bilan barqaror munosabatlarni saqlab qolishni istaydi, deya yozmoqda ommaviy axborot vositalari.

"Uchrashuvimiz payti Komilov ikki tomonlama munosabatlarda barqarorlikni saqlab qolishning kuchli istagini bildirdi. Shuning uchun uning bu izhorotini men muhim xabar sifatida qabul qildim", deb aytgan bilan Deniel Rozenblyum O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi muzokaralardan keyin Toshkentdagi AQSh elchiligida o'tkazgan matbuot anjumanida.

AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Deniel Rozenblyumning Toshkentdagi uchrashuvi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Samarqandga shaxsiy tashrifi kuniga to'g'ri kelgan.

Prezident Putin Prezident Islom Karimov ruhiga hurmat bajo keltirish uchun borgan.

U Samarqanddagi Hazrati Hizr qabristonidagi Islom Karimov qabriga gul qo'ygan va marhumning oilasi a'zolariga hamdardlik bildirgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev bilan muloqot olib borganlar.

Prezident Putin O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevga O'zbekiston Rossiyaga "eng ishonchli sherik"dek ishonishi mumkinligini aytgan.

Rossiya bilan O'zbekistonning hamkorligi davom etadi, deb aytgan Prezident Putin.

O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev Toshkent ham Moskva bilan o'zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga intilishini aytgani haqida yozmoqda matbuot.

Islom Karimovning rasman 2 sentyabr kuni 78 yoshida olamdan o'tgani e'lon qilingan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring