Ijtimoiy tarmoqlar: "Putin haqiqiy do'stimiz ekan!"

Putin va Karimov
Image caption Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, gul qo'ygan Putin o'zbekistonliklarning mehrini qozondi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O'zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun 6 Sentyabr kuni Samarqandda bo'ldi.

Samarqandga tashrifi vaqtida Vladimir Putin Islom Karimovning bevasi Tatyana Karimova hamda kichik qizi Lola Karimova-Tillaevaga shaxsan hamdardlik bildirdi va O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev bilan birgalikda Islom Karimovni dafn etilgan Shohi-Zinda majmuasi yuqorisida joylashgan Hazrati Hizr qabristonida marhumning qabri oldida tiz cho'kkan holda qizil atirgullarni qo'ydi.

Putinning tashrifi O'zbek ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi. Shu kuni O'zbekiston kanalida efirga uzatilgan Aborot dasturida xam tashrif xakida reportaj namoyish etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tashrifga oid xabar keng muhokama qilindi.

(Izohlar tahrirsiz berilmoqda-tahr)

"Ofarin!!! Putin dodamizga bulgan xurmati va insoniylik fazilatini yana bir bor isbotladi. Dodamiz bundan xam yuksak xurmatga loyik inson edilar," deydi Facebook foydalanuvchilaridan biri Gulchexraxon Shukurovna.

"2000 yilda Rossiya Prezidentligiga saylanganidan sung, I.Karimov taklifiga binoan Putin uzining birinchi chet el tashrifi doirasida Uzbekistonga kelgan edi!," eslaydi Xikmat Ziyadullaev.

"Haqiqiy do'stimiz ekan Putin!" deydi Mavludaxon Axmedova.

"Yaqindagina ShOS o'tkazilgan kunlari birgalikda Teatral maydonidagi yangi A.S Pushkin hiyobonida sayr qilib yurishgan edi," deydi yana bir foydalanuvchi Farkhad Aliev.

Image caption Islom Karimov bilan vidolashuvda ham marhumning oilasidan faqat uning bevasi va kichik qizi Lola Karimova-Tillaeva qatnashgan edi. Putin tashrifi payti ham faqat ular bilan uchrashgan.

Ba'zilar nima sababdan marhumning faqatgina bir qizi marosimlarda qatnashganini tushunishni xohlashgan.

Jami Ibrohimov: "Insoniylik bor bu odamda qaysi millat bulishidan qatiy nazar".

"Kim nima desa desin lekin, Putin Otamizni inson sifatida xam bebaxo odam ekanliklari uchun.... Kadrdon va juda yakin bulishgani uchun.... Keldi, kelishi anik edi.... Chunki Putin juda farosatli odam ... bizni Otamizdek...", degan Rayhon Pirnazarova

Ulug'bek Rasulov shunday deydi: "Nimaga dafn marosimi va undan keyn faqatgina bir qizi? Balki men kurmay qolgandirman".

"Gulnora qani?", degan Alish Kurbanov

Gairat Djuraev xam "Gugusha qayga g'oyib bo'ldi?" deya savol bergan.

Marhum prezidentning katta qizi Gulnora Karimova haqida savol qoldirganlarga Businka Businka shunday deydi: "Uni nima qilasizlar, o'zligisi kelishib olishadi".

•◾BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•◾TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/2c00djI yoki BBCUZBEK

•◾Instagram - BBC UZBEK

•◾Twitter - BBC UZBEK

•◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

•◾Facebook - BBC UZBEK

•◾Google+ - BBC UZBEK

•◾YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/2bHZ9nr)

•◾Skype - bbcuzbekradio

•◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring