Ислом Каримов
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Karimov Konstitutsiyaning 96-moddasiga o'zgartirish haqida nima degan edi?

Islom Karimov Konstitutsiyaning 96-moddasiga kiritgan o'zgartish Bosh vazir Shavkat Mirziëev tomonidan buzildi.

"Mamlakat prezidenti o'z vazifasini bajara olmay qolgan vaziyat yuzaga kelganda, ushbu moddani turlicha talqin qilishga yo'l qo'ymaslik maqsadida uning yangi tahririni quyidagi mazmunda bayon etish taklif qilinadi. Mamlakatning amaldagi prezidenti o'z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi. Bunda uch oy muddat ichida O'zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to'g'risidagi qonunga to'liq muvofiq holda mamlakat prezidenti saylovi o'tkaziladi. Buniyam to'g'ri qabul qilishingizni so'rayman, sababi, bu yerda oddiy, demokratik davlatlarda keng tarqalgan yo'li ayni shu. Agar prezident turli-turli sabablar bilan mamlakatni boshqarishga qurbi yetmasa, yana tushunmovchilik paydo bo'lmaslik, tortishuvlar paydo bo'lmaslik, qabilalar prezidentlik lavozimiga o'zimizning odamimizni, qabilamiz vakilini qo'yamiz deganlar paydo bo'lishi mumkin. Yoki mahalliychilik deymiz. Bir viloyat o'zini odamini, boshqasi o'zini odamini, unaqa narsalar, bunaqa qoldiqlar bizda hali bor. Xayolda bor. Nima uchun prezident bo'lib anavi oblastdan, vazir mana bu oblast(viloyat)dan kelib o'tiribdi. Nima uchun bizlardan vakillar yo'q, deganlar, zamonni tushunmaydigan, o'rta asrlarda qolib ketgan odamlar ham bor.

Shu nuqtai nazardan aynan mana shunaqa modda kerakki, hammasi aniq-ravshan konstitutsiyada belgilab berilishi kerak. Hech kim bu davlat degan, buyuk davlat degan O'zbekistonni og'ir ahvolga tushirishga haqqi yo'q", deb aytgan edi Islom Karimov O'zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga kiritilgan o'zgartirish haqida.

2011 yil aprelida Konstitutsiyaning 78, 80, 93, 96, 98-moddalariga o'zgartirishlar kiritilgan. Jumladan, Islom Karimov taklifiga binoan, 96 moddaga asosan, Prezident og'ir betob bo'lib qolsa, vaqtincha Prezident vakolatlari Senat Raisiga yuklatilishi belgilangan. Bundan oldin o'n kun muddat ichida palatalarning qo'shma favqulodda yig'ilishida deputatlar, senatorlar orasidan saylanishi kerakligi aytilgan.

Biroq Islom Karimovning vafotidan so'ng Konstitutsiyaning 96-moddasiga amal qilinmadi. Senat raisi Nig'matulla Yo'ldoshev emas, Bosh vazir Shavkat Mirziyoev vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Buning sababi, Senat raisining bu vazifani bajarishdan ixtiyoriy voz kechgani ekani bilan izohlandi.

O'zbekistonni 27 yil uzluksiz boshqarib kelgan Islom Karimovning o'zi ham Konstitutsiyaga bir necha bor o'zgartirishlar kiritish yo'li orqali prezidentlik lavozimini uzaytirgan, prezidentlikka to'rt marta qayta saylangan edi.

Oxirgi marta 2011 yil dekabrida Prezident vakolat muddati 7 yildan 5 yilga o'zgartirilgan edi.

O'zbekiston Konstitutsiyasining 90 moddasiga asosan, bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezidentlikka nomzodini qo'yishi mumkin emas.

Islom Karimovning chiqishini BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring