2002: Turkmanboshiga suiqasd, Yurtboshiga yangi muhlat

Islom Karimov

Bundan roppa-rosa chorak asr muqaddam O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan edi.

74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.

Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, 78 yoshli Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'moridir.

Ammo o'zbek xalqi mustaqillikka erishgani holda, ozod va farovon hayotga erishmagani haqida afsus bilan gapirayotganlar ham oz emas.

Mustaqillik e'lon qilingan 1991 yilning avgustidan buyon dunyo XXI asrga, axborot va texnologiya asriga qadam qo'ydi, O'zbekiston esa o'z tarixini qaytadan yozib chiqishga ulgurdi.

BBC solnomasi mustaqil O'zbekiston tarixining yozilmagan sahifalarini ham o'z ichiga olgan.

2002 yil O'zbekistonda prezidentlik muddatini 7 yilga uzaytirish bo'yicha referendum o'tkazildi. Ikki palatali parlament tuzildi.

Xuddi shu yili Toshkentda yirik bozorlar yopildi yoki kichraytirildi.

Chet ellik tojirlar Bishkek va Olma-otaga chiqib ketishdi.

Noyabrda Turkmeniston o'z prezidenti joniga suiqasd urinishida O'zbekistonni aybladi.

Suiqasd urinishi va unga go'yo Toshkent bosh qo'shganiga oid iddaolar sabablari noma'lum qolmoqda.

2002 yil O'zbekistonda yuz bergan muhim hodisalar jamlangan videolavhamizni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

2001: AQShga yaqinlashuv, o'zgarish umidlari

2000: Kulgu bo'lgan saylov va minalangan chegara

1999: Toshkent portlashlari, cheklovlar va mahkamalar

1998: O'zbek ayollari mardikorga aylangan yil

1997: Umidni oqlolmagan "Umid" va ta'qiblardan qochgan Obidxon qori

1996: Milliy avtomobil va milliy jangarilar

1995: Yoqilg'isiz neft mustaqilligi va "cho'ntak partiyalar"ning tug'ilishi

1994 yil: So'mning "tug'ilib, bo'g'ilishi"

1993: Toshkentdagi otishmalar va muxolifatga bosimlar

1992: Prezidentning ilk qasamyodi va o'qqa uchgan talabalar

1991 yil: O'zbekiston qarsaklarsiz mustaqil bo'lgandi

1990: Karimov Mustaqillikka qarshi bo'lganmi?

"Mustaqillik yilnomasi"ni BBC UZBEK da tomosha qiling!

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring