Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi safarini bekor qildi

AQSh prezidentligiga Demokrat nomzod Hillari Klinton Image copyright Getty Images

AQSh prezidentligi saylovida Demokrat nomzod Hillari Klinton Kaliforniyada rejalashtirilgan saylovoldi tadbirlarini bekor qilgan.

Bunga Klinton xonimning to'satdan salomatligi yomonlashib qolgani sabab bo'lgan.

11 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi 2001 yil portlashlari qurbonlarini xotirlash marosimida qatnashayotgan payti Hillari Klinton o'zini yomon his qilgan.

Twitterda Klinton xonimning madorsizlikdan oyog'ida tura olmay qolgan paytda qo'riqchilari qo'ltig'idan ushlab turishgani fotosurati tarqalgan.

Dastlab safdoshlari Klinton xonimni "issiq urgani"ni aytishgan.

Shifokor ko'rigidan keyin esa pnevmoniya tashxisi qo'yilgan, Klinton xonimga yotib dam olish va barcha safarlarini bekor qilish maslahati berilgan.

Hillari Klinton 68 yoshda va u AQShda prezidentlikka saylangan eng keksa inson bo'lishni istamoqda.

Bu borada rekord Ronald Reyganga tegishlidir.

Biroq Klinton xonimning Respublikachi raqibi Donald Tramp va uning saylov kampaniyasi bo'yicha jamoasi Klinton xonimning sog'ligi uning prezidentlik vazifalarini ado etishga imkon berishini savol ostiga olib keladi.

Trampning o'zi esa 70 yoshda.

Klinton xonimning salomatligi yomonlashgani Amerikadagi prezidentlik saylovi eng muhim pallasiga kirgan paytda yuz bergani uchun bu hodisa butun dunyo e'tiborini tortgan.

U Los-Anjeles va San-Frantsiskoda saylovoldi tadbirlarini o'tkazishni mo'ljallagan edi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq