Nazarboevning qizi senator bo'ldi

Darig'a Nazarboeva Image copyright Getty Images

Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboevning qizi Darig'a Nazarboeva mamlakat parlamenti yuqori palatasi-senatning deputati etib tayinlangan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Darig'a Nazarboeva bungacha, bir yil davomida Karim Masimov hukumatida vitse-prezident lavozimini egallab kelgandi.

8 sentyabrda janob Nazarboev Masimovni bosh vazirlikdan olib, Qozog'iston Milliy Xavfsizlik qo'mitasi raisi qilib tayinladi.

Milliy xavfsizlik xizmatining rahbari Vladimir Jumakanov esa qo'mita kotibligini olgan.

Seshanba kuni Qozog'istonda Bakitjon Sagintaev boshchiligida yangi hukumat tuzilgan. Hukumatdagi 11 vazir o'z vazifalarida qolganlar.

Qozog'iston Mudofaa vaziri Imangali Tasmagambetov bosh vazir o'rinbosari lavozimiga o'tkazilgan.

Qozog'iston hukumatida kadr o'zgarishlariga nima sabab bo'lgani noma'lum.

Bir kun oldin Nursulton Nazarboev Samarqandga tashrif buyurib, marhum prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan. Muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashgan edi.

Kuzatuvchilar bundan oldin Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova kabi Nursulton Nazarboevning qizi Darig'ani ham otasining vorisi sifatida tilga olishgan.

Karimov misolida kuzatuvchilarning ushbu farazi amalga oshgani yo'q. Lekin ularga ko'ra, Nazarboevning qizida bunday imkoniyat hozircha mavjud.

Qozog'istonlik jurnalist Sergey Duvanov oldinroq Nazarbaeva xonimning o'z otasi o'rnini me'ros qilib olish tomon shahdam qadamlar bilan ketayotganini urg'ulagan.

Agar Prezident Nazarboev to'ng'ich qizining davlat tepasiga kelishini istasa, bunga hech kim qarshi bo'la olmaydi. "Faqat otasi olamdan o'tib ketsa, Darig'aning ushbu lavozimni ushlab qola olishi katta savol ostida bo'ladi", - deydi u.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring