O'zbekiston ichidagi Tojikiston bog'i va Rossiya haqida o'ylar

Ma'ruf Mamadov

Ma'ruf Mamadov "Do'sty" dehqon xo'jaligining raisi.

U boshchilik qiladigan xo'jalikning bog'i O'zbekiston hududida joylashgan.

Sovetlar davrida ham shunday bo'lgan. Ammo mustaqillikdan avval o'rtada chegara bo'lmagan, kim qaerda yashashi, qaysi respublikaga nima qarashli ekani kabi savollar oddiy xalqni bugungiday qiynagani yo'q.

Bugun O'zbekiston ham, Tojikiston ham mustaqil davlatlar, Ma'rum aka aytmish, O'zbekistondagi Tojikiston yerining taqdirini "kattalar hal qilishi kerak".

Hozircha esa tojikistonliklar maxsus hujjat va ruxsatnomalar bilan O'zbekistondagi bog'lariga borib ishlashadi. Ish vaqti ham chegaralangan.

"Bog'da mevalarni terib, ba'zida ulgurmaymiz, kechalari bilan qolib ketadi dalada...Ishonasizmi, o'zbekistonliklardan hech kim bizning mevalarga tegmaydi. Shu qadar insofli farg'onaliklar", deydi u.

Ma'ruf aka dardini dasturxon qilmaydi. Uni o'ylantiradigani faqat O'zbekistondagi "Do'sty" dehqon xo'jaligiga qarashli o'rikzorlari emas...

Nolimaydi. Qishloqdan Rosssiyaga rizq qidirib ketayotganlarni qoralamaydi, ammo ortda qolganlarga qiyin bo'lganini aytadi...

◾ BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

◾ TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

◾ Instagram - BBC UZBEK

◾ Twitter - BBC UZBEK

◾ Odnoklassniki - BBC UZBEK

◾ Facebook - BBC UZBEK

◾ Google+ - BBC UZBEK

◾ YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

◾ Skype - bbcuzbekradio

◾ bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring