Konstitutsiya atrofidagi siyosiy tortishuvlar

Qirg'iziston Image copyright Getty Images

Prezident Almazbek Atambaevning Konstitutsiyani o'zgartirish tashabbusi ortidan Jo'g'o'rqu Kengashdagi partiyalar orasida o'zaro kelishmovchilik paydo bo'lgan.

Kuzatuvchilar respublikada muxolifat bir tarafda, iqtidordagi hukumat va deputatlar esa ikkinchi tarafda tortishayotgani davlatni inqirozga yuz tutayotganidan darak ekanini aytmoqdalar.

Konstitutsiyani o'zgartirishga qarshi bo'layotganlar prezident o'z vakolatlarini kengaytirib, ikkinchi muddatga ham saylanmoqchi ekanidan xavotir bildirayapti.

Parlamentni chorshanba kungi yig'inida deputatlar o'zaro kelishaolmay, koalitsiyadagi partiyalar bir-birlarini undan chiqib ketishga da'vat etganlar.

Ko'pchilik koalitsiyadagi "Ota Makon" partiya rahbari O'murbek Tekebaev, koalitsiyani ichki kelishuvlari saqlanib qolayotganini aytib, shu vaqtning o'zida fraktsiyani Konstitutsiyani o'zgartirish masalasida fikri o'zgarmasligini urg'ulagan.

"Bizni koalitsiyadan chiqib ketishga sabab yo'q. Sababi biz barcha koalitsiya kelishuvlariga rioya qilib kelayapmiz. Biroq koalitsiya kelishuvida barchamiz referendum va Konstitutsiyani o'zgartirish tashabbusini qo'llashimiz kerak degan punkt ham yo'q", degan Tekebaev.

Baxsli muzokaralardan so'ng o'zaro kelishaolmagan koalitsiyadagi fraktsiya rahbarlari yopiq eshiklar ortida so'zlashuvlarni davom ettirgan. Uning natiyjasida koalitsiya rahbari saylanib, boshqa masalalar bo'yicha ham o'zaro fikr almashinuvlar bo'lgan, biroq Konstitutsiyani o'zgartirish bo'yicha hamma o'z printsipida qolgan.

Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kirgizish masalasi yaqin orada parlamentda qaralishi kutilmoqda. O'tgan haftada ikki jumalik jamoat muhokama muddati yakuniga yetgan.

Biroq bosh qomusni o'zgartirishga qarshi chiqayotgan muxolifat va fuqaroviy jamiyat faollari bu masala xalq muhokamasidan o'tgani yo'q deya tanqid qilmoqdalar. Jo'g'o'rqu Kengashning sobiq deputati Ravshan Jeenbekovga ko'ra, xokimiyat konstitutsiyani o'zgartirgandan ko'ra xalqningqiyinchiliklarini, muammolarini xal etishga harakat qilishi kerak.

"Konstitutsiyaga kirgizilayogan o'zgartishlar saytga qo'yilgan deyapti. Qirg'iziston aholisini 25 foizigina internet bilan ta'minlangan. Unda ham oddiy odamlar u yerda tursin, biz siyosatchilar ham internetdan konstitutsiyani yangi tahririni topa olmadik.

Undan tashqari O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston kabi yaqin qo'shnilarimiz bizni tan olmay qo'ydi. Davlat xazinasida katta yo'qotishlar, krizis paydo bo'ldi. Qirg'iziston tovarlari tashqariga chiqmay, iqtisod juda nochor ahvolda. Davlat shu muammolarni hal qilishga harakat qilsin" - deydi sobiq deputat.

31 avgust Qirg'iziston Mustaqillik kuni prezident Almazbek Atambaev o'z nutqida konstitutsiyani o'zgartishga qarshi chiqayotganlarni xalq dushmanlari deya atab, odamlarni ularga ergashmaslikka chaqirgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring