Britaniyaning Saudiyadagi elchisi Islomni qabul qildi

Saymon Kolliz rafiqasi bilan Image copyright @FAWZIAH1

Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz Islomni qabul qildi va Haj amalini ado etdi.

Podshoh Saud nomidagi universitet xodimi o'zining Twitterdagi sahifasida britaniyalik elchi va rafiqasining Makkada Haj paytida olingan suratini chop etdi.

Va uning ostiga "Ilk bor Saudiya Arabistonidagi Britaniya elchisi Islomni qabul qilgach, hajni ado etyapti: Saymon Kolliz o'zining rafiqasi bilan", deb yozib qoldirdi.

Ushbu yangilik tez sur'atlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Jahonning yirik nashrlari ham bu haqda xabar tarqatdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar benihoya xush qarshilangan.

Elchining ehromda tushgan surati ko'p marotaba bo'lishilgan, Twitter, Instagram va Facebookda yuzlab izohlar qoldirilgan.

Saymon Kolliz umrining 30 yilini musulmonlar orasida o'tkazganidan so'ng Islomni qabul qilishga qaror bergan.

Bundan avval u Suriya, Iroq va Qatarda elchi bo'lib ishlagan.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring