Мирзиёев 'Оқсаройга кўчиб ўтди'
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mirziyoev "Oqsaroyga ko'chib o'tdi"

O'zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati raisi Rustam Inoyatov 13 sentyabr kuni marhum prezident Islom Karimovga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vaziri Sayf bin Zaidni kutib olgan va unga hamrohlik qilgan.

Bu kamdan-kam ko'rinish beradigan o'zbek maxsus xizmatlarining qudratli rahbari uchun misli ko'rilmagan ochiqlikdir.

71 yoshli janob Inoyatov mamlakatning keyingi prezidenti kim bo'lishida muhim vositachi rolini o'ynaydigan shaxs sifatida ko'riladi.

Ammo uning o'zi shaxsan prezidentlikka da'vogar emas, deb ishoniladi.

Ayni paytda prezidentning sobiq matbuot kotibi, jurnalist Sharof Ubaydullaevning aytishicha, Bosh vazir va vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev allaqachon Hukumat uyidan Oqsaroyga ko'chib o'tgan.

Biz Sharof Ubaydullaevni suhbatga tortdik va avvaliga Rustam Inoyatov hozirda ochiqlikka chiqmoqdami, deb so'radik.

Videoni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring