Гулноранинг Каримовга сўнгги илтижоси
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Gulnoraning Karimovga so'nggi iltijosi

Marhum Prezident Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora taqdiri noayon qolmoqda. Manbalar uning xonaband ekanligini aytishadi. Gulnora Karimova tarqatgan so'nggi videoda u va bolalarining otasi oldiga kirishga urinishi aks etgan.

Ko'rinishidan, mobil telefoni vositasida suratga olingan videotasvirlarda Gulnora Karimova va farzandlari - Islom va Imonning, aftidan, Prezident Islom Karimov yashagan Do'rmondagi qarorgohga kirishga harakat qiladilar.

Qishda olingan tasvirlarda fuqaro va harbiy kiyimdagi shaxslar Gulnora Karimova hamda farzandlarini to'xtatib qolishga urinayotganini ko'rish mumkin.

Ularning orasida qurollilar ham bor va videoda "qurolni op qo'y" degan ovoz eshitiladi.

Videoda Gulnora Karimovaning "Ota, ota!" deb qichqirganlari va "Men baribir o'taman" degan xitoblari eshitiladi.

Videoning qachon olingani ma'lum emas, ammo unda Karimova xonim va atrofidagilarning guldasta ko'tarib borayotgani aks etgan.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring