"MDH sammitiga Komilovning borishi to'g'ri qaror"

Komilov Image copyright Getty Images
Image caption O'zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambaev bilan uchrashib, muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoevning salomini yetkazgani xabar qilingan.

Bishkekda MDH ga a'zo davlat rahbarlari sammiti boshlangan.

Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston prezidentlari yig'ilishda shaxsan ishtirok etishadi.

Moldova va Turkmaniston uchrashuvga Bosh vazirlarini yuborgan.

O'zbekiston nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida hay'at qatnashadi.

Muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoevning Bishkekdagi sammitga bormagani sababi nima bo'lishi mumkin?

Sammitda qabul qilinadigan qarorlar aynan O'zbekiston uchun qanchalik samarali hisoblanadi?

Toshkentdan iqtisodiy tahlilchi Farhod Tolipovning fikricha, bu kabi uchrashuvlarga davlat rahbarining o'rniga boshqa mutasaddining yuborilishi uchrab turadigan holat. Shuning uchun tashqi ishlar vaziri qatnashayotganidan hayron bo'lmaslik kerak. Ikkinchidan, hozirda O'zbekiston to'laqonli rahbarga ega bo'lmagan bir vaziyatda sammitga aynan Tashqi ishlar vazirining borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi, deydi u.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoevning tashqi siyosat sohasida tajribasi hali Abdulaziz Komilovchalik emas, deb hisoblash mumkin. O'zbekiston tashqi siyosatini ko'p yillardan buyon olib borgan Abdulaziz Komilovning bu sammitda ishtiroki to'g'ri qaror, deb aytadi tahlilchi.

"Qolaversa, Shavkat Mirziyoev nomzodi Liberal demokratik partiya tomonidan prezidentlikka ilgari surilgani ham uning sammitga bormaganlik sabablaridan bo'lishi mumkin".

"25 yil davomida MDH davlatlarining ko'p sammitlari bo'lib o'tdi. Biz ularni kuzatdik. Ko'pchilik tahlilchilarning xulosasi shu bo'lib kelganki, MDH dek tashkilot, birlashma tobora zaiflashib bormoqda. Ya'ni, nafaqat O'zbekiston, boshqa davlatlar pozitsiyasidan ham turib kuzatganda MDH to'laqonli integratsion tashkilot maqomigacha yetib bormayapti".

Chegara borasida qo'shni davlatlar bilan muammolar MDH sammitida hal qilinmasa kerak, deydi Farhod Tolipov ayni paytda O'zbek-Qirg'iz chegarasidagi So'x anklavida yuzaga kelgan vaziyat to'g'risida.

Farhod Tolipov bilan suhbatni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Фарҳод Толипов

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring