O'zbekiston prezidentligiga nomzodlar kimlar?

Senat Image copyright Getty Images

O'zbekiston Liberal demokratik va "Milliy tiklanish" partiyasi ortidan "Adolat" va Xalq demokratik partiyalari ham 4 dekabrga belgilangan prezidentlik saylovlariga o'z nomzodlarini e'lon qilganlar.

Shunday qilib, muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev(Liberal demokratik partiya), Sarvar Otamurodov ("Milliy tiklanish), Narimon Umarov ("Adolat" sotsial-demokratik partiyasi) va Hotamjon Ketmonov(O'zbekiston xalq demokratik partiyasi)lar O'zbekiston prezidentligi uchun "bellashish"lari kutiladi.

Prezidentlikka ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida qarab kelingan Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimovning nomzodi ular orasida hozircha ko'rinmaydi. Oldinroq muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev qarori bilan Rustam Azimovga ta'lim va fan masalalari bo'yicha nazorat ham yuklatilgan edi.

Mavjud qonunchilikka muvofiq, barcha ko'rsatilgan nomzodlar partiya s'ezdida tasdiqlanishi kerak. So'ngra rasman nomzodlar O'zbekiston Markaziy Saylov hay'atiga topshiriladi.

O'zbekiston Markaziy Saylov komissiyasiga binoan, prezidentlikka nomzodlarni ro'yxatga olish 30 sentyabrdan boshlanib, 23 oktyabrda yakunlanadi.

Ayni paytda O'zbekistonda kadr o'zgarishlari boshlangani kuzatilmoqda. Kuzatuvchilarga ko'ra, Shavkat Mirziyoev vaqtinchalik prezident etib tayinlanganidan keyin o'tgan 10 kun orasida hukumat va mahalliy hokimiyatlardagi o'zgarishlar shiddat bilan olib borilmoqda.

Juma kuni Jizzax shahar hokimi Asror Qobilov ish faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'ygani uchun o'z vazifasidan ozod etilgan va Shavkat Mirziyoevning tavsiyasiga ko'ra Jizzax shahar hokimi vazifasiga Abduqahhor To'xtaev tasdiqlangan. Shuningdek, ishdagi xato va kamchiliklari uchun Jizzax viloyati prokurori, bir nechta tuman hokimlari lavozimidan bo'shatilgan.

Shu bilan birga, Karimov davridaligida bir necha yillar oldin korruptsiya ayblovlari ortidan hukumatdan chetlatilgan Aloqa va telekommunikatsiya vaziri Abdulla Oripov va Ta'lim vaziri bo'lgan Rustam Qosimov muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan shu lavozimlarga qayta tayinlanganlar.

4 dekabrga belgilangan saylovga qadar Shavkat Mirziyoev O'zbekiston muvaqqat prezidenti va Bosh vazirligini olib boradi.

Odamlar nima deydi?

O'zbekiston prezidentligiga nomzodlarga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o'z munosabatlarini bildirmoqdalar.

Aksariyat Shavkat Mirziyoevdan boshqa nomzodni tanimasligini aytgan, Rustam Azimovning nega qo'yilmagani bilan qiziqqanlar.

Foydalanuvchilar "prezidentni saylab bo'libmizku, bu spektaklni kimga keragi bor?" degan savol berishgan.

Jahongir Ibragimov: Uje aniq buptiku prezident

Mukhammadsodik Mukhammadamin: Dramma((

Dilmurod Agzamov: Ketmonov Hotamaka doimiy kondidat)))

Mukaddas Radjapova: Yana? Ketmonov?

Jahongir Ibragimov: Akmal Saidov qani?

Shu yerda eslatib o'tish joiz, 2015 yil 29 martda bo'lib o'tgan saylovlarda ham Xalq Demokratik Partiyasidan Hotamjon Ketmonov, Sotsial Demokratik partiyasidan Narimov Umarov hamda bu safar ilgari surilmagan Akmal Saidov nomzodlari Milliy tiklanish partiyasidan qo'yilgan, ular Islom Karimov bilan kuch sinashgandilar.

Xar yilgi lo'ttibozlar qayta qo'yilibtida, deb yozadi Azamat Rustamov.

Izzat Husainov: O'zi o'tirarkan saylov o'tkazisham shartmas bekorga ovoragarchilik soqqa ketirib o'tirib nima qilasila))

Ummu Abdulloh: Hammasi saylovsiz ham aniqku

Dilyuw Zayni: Yana xalqni axmoq qilyapti. Nima uchun siz bizni bunchalik yaxshi ko'rasiz...

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring