Мирзиёев
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Mirziyoev: "Bu odam otam kabi tarbiya qilgan"

https://www.youtube.com/watch?v=LAC71VIekt8

O'zbekiston muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev Jizzaxga safar qilib, shahar va bir qator tuman hokimlari, prokurorni ishdan olgan.

Janob Mirziyoev Jizzax shahar Kengashi deputatlari va faollarining navbatdan tashqari sessiyasida qilgan chiqishida marhum prezident Islom Karimovni eslagan.

Uni "ota kabi o'zini tarbiya qilganini aytib, farzand otaga qanday xizmat qilsa, shunday xizmat qilishga" va'da bergan.

"Bugun hamma qilingan ishlar Jizzaxning ertangi kuni uchun qilindi. Odamlar rozi bo'lishi uchun ishni joy bilan, investitsiya bilan, oylik bilan natija bo'ladi. Xudo xohlasa, yo'limiz nurafshon. Muhtaram prezidentimiz juda ko'p tizim yaratib bergan. Shuni odamlarga to'g'ri yetkazib, adolatli bo'lib, halol bo'lib xalqqa xizmat qilsak, hech qachon kam bo'lmaymiz.... Islom Abdug'anievich iftixorimiz. Men bu inson bilan 27 yil yelkadosh bo'lganman. Qancha-qancha og'ir kunlarni birga o'tkazganmiz. Bu odam menga otam kabi juda katta tarbiya qilgan. Va Xudo menga umr bersa, farzand otaga qanday xizmat qilsa, ana shunday butun borlig'im bilan xizmat qilaman", deb aytgan Shavkat Mirziyoev.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring