"So'xliklar sammitdan so'ng chegara ochilishidan umidvor"

So'x Image copyright Getty Images

O'zbekistonning Qirgiziston bilan chegarasidagi So'x va Shohimardondan kelayotgan xabarlarga ko'ra, chegarada yashovchilarning ahvoli tashvishli.

Avgust oxirida yopilgan chegara hamon yopiqligicha qolmokda.

Har yili mustaqillik bayrami oldi chegaralar yopilishiga ko'nikkan mahalliy aholining 5 sentyabrga borib chegara ochiladi, degan umidlari ushalmagan.

Farg'onaliklarning aytishicha, xar yili chegara rasman yopiq paytida qo'lga tushgan fuqarolar chegara ochilish vaqtiga kelib o'tkazilgan.

Biroq bu safar ikki tomondan ham odamlar orqaga qayta olmayaptilar. Ayniqsa dori-darmon, ichimlik suvi, oziq-ovqat bilan muammolar paydo bo'lgan.

O'zbekiston mobil aloqa operatorlarining Qirg'izistonda ishlamasligi bois ko'p odamlar chegaraning narigi tomonida qolgan yaqinlarining ahvolidan bexabar, gaplasha olishmayapti.

Farg'onalik faol Bahodir Eliboevning BBCga ma'lum qilishicha, odamlar endi 16 sentyabrda Bishkekda boshlangan MDH davlatlari sammiti tugagandan so'ng chegaralar ochilishidan umidvor bo'lib turibdilar. Unda ham ochilmasa, vaziyat yanada qiyinlashadi, deydi u.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Баҳодир Элибоев
  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring