Ijtimoiy tarmoqlar: Yana Ketmonov? Saidov qani? Azimovni kutgandim...

Prezidentlikka nomzodlar Image copyright kun.uz

O'zbekistonda 4 dekabrga belgilangan prezidentlik saylovlariga partiyalar tomonidan nomzodlarning e'lon qilinishi necha haftadan beri tinmayotgan bahsu munozaralarni yana kuchaytirdi.

Facebook, Instagram, Odnoklassniki sahifalarida bahslar qizigandan qizimoqda. Fikr bildirayotganlarning aksariyati O'zbekiston ichkarisida ekani bilan ham e'tiborli.

(Izohlar tahrirsiz berilmoqda)

Salax Ad Din Usmanovning Facebookda "Shou davom etmoqda. Tanishing, prezidentlikga nomzodlar" deb yozgan postiga.

Sher October: davlat tsirkimizning yangi masxarabozlari...endi kulgili emas... bu nomerni biz ko'p ko'rganmiz, deya izoh qoldirgan.

Rustam Karim: Hatto stsenariyni ham o'zgartirishga erinishgan... Chunki xalq mustaqul. Quloq soladi, eskini yoqtiradi(daraxt bir joyda ko'karadi) o'zgarishlarni yoqtirmaydi, yangi stsenariy ne darkor?!

Javlon Mir-v: Ketmonovni ketmoni uchib kolsa-ya?!))))

Muxammad Mirzo: Ucholmaydi benzini yo'q ketmonida

Ibn Ma'ruf: Nimagadir "Abdullajon" filmining "Men uchaman!!!" degan hayqiriq epizodi esimga tushib ketdi...

Umidbek Otaev: Debatlar xam buladimi?

Asosan o'zbek shou-biznesi haqida xabarlarni yorituvchi Sayyod.uz saytining muharriri Sardor Komilov kutilmaganda shunday fikrlar qoldirgan: "Negadir o'zimmi ekstrasensdek sezmoqdaman. Va menimcha Mirziyaev bo'ladi. (Anig'u.) Xe xey nomzodlar orasida yana Ketmonovku!. 😄 Faqat saylovga qo'yilganida ko'rinib bilinadigan chexralar o'zgarmasdek. Sal intriga uchun ishonchlilar ko'rinsa bo'larmidi;) manam o'zimmi nomzodimmi qo'ysammikan? nima qipti baribir man bo'miymanku, (boshqalardek) bo'lomimanam lekin Mirziyaevdan tashqari uch nomzoddan ko'ra mani ko'proq odam taniydide. o'zi bu uchta oka nomzod bo'lishga loyiq nima qilishgani (xech bo'lmasa) oavda etilganmi?

Bakhodir Gafurov: oka ko'rqmaysizmi saytizni yopib tashashidan?

Mahzune Rustamova: Manam Azimovni kutgandim.

Takhir Salim: Menimcha, bu sizning oxirgi postingiz...

Fotima Axunova: Sizni ishlarizdan ko'ra xalqga, ommaga uzlarini elon qilmasdan bular kuproq ishlar qilishadi. Siz sanatni odamisiz siesatchi emas.

Davronbek Tojialievning "Nomzodlar aniq bo'ldi. Menimcha, kimning g'olib bo'lishi hammaga ayon bo'lsa kerak. Kurash turlarida vazn toifasi degan qoida bor. Unga ko'ra, 100 kilolik kurashchini hech qachon 50 kilolik atlet bilan ringga qo'yilmaydi. Saylov oldidan paydo bo'lib qoladigan, (shu kungacha biron ishni eplay olganini men bilmaydigan) partiyalarimiz Bosh Vazir Sh.Mirziyoevga munosib raqiblarni taklif etishmabdi. S.Otamurodovni men shu hafta tanidim. N.Umarov va H.Ketmonov o'tgan saylovda qatnashgan. Misol uchun, Sh.Mirziyoevga vaznda eng munosib raqib R.Inoyatov edi. R.Azimovning qo'shma majlisdagi nutqidan so'ng nomzodini qo'ymasligini sezgandim. Agar mana shu uch nomzod raqib bo'lganida ayovsiz, tabiiy saylov kurashini ko'rardik.

Yangi keladigan rahbardan umidlarim: Har bir yangi kelgan rahbar avvalgi boshliqning xatolarini takrorlamaslikka, xalqqa qandaydir yaxshilik, yengillik berishga va shu orqali xalqning ko'ngliga kirib borishga harakat qiladi. Shunday ekan, yangiliklar, yengilliklar, erkinliklar bo'ladi deb umid qilaman. Barcha xayrni esa O'zidan so'raymiz! Eng to'g'ri yo'lga O'zi boshlasin!"

Qudratullah Ahmad: Bitta qaxramonli teatr.

Al Khorazmiy: Uz Rahmat shuncha ovora bo'lishibdi. Shartmasdi lekin bu takalluf

Abdulbosit Abdulahadov: Rostdan ham 4-dekabr kuni hammani ovora qilmasdan, natijani aytib qo'ysayam bo'laveradi ertaroq

Asadbek Karimov: Ortik,cha xarajat k,ilib, saylovni nima keragi bor a?))

Abduvohid Atametov: Shu Ketmonov deganlari xech kurashga tuymasakande .....

Jahongir Ibragimov: Uje aniq buptiku prezident

Mukhammadsodik Mukhammadamin: Dramma((

Dilmurod Agzamov: Ketmonov Hotamaka doimiy kondidat)))

Mukaddas Radjapova: Yana? Ketmonov?

Jahongir Ibragimov: Akmal Saidov qani?

Xar yilgi lo'ttibozlar qayta qo'yilibtida, deb yozadi Azamat Rustamov.

Izzat Husainov: O'zi o'tirarkan saylov o'tkazisham shartmas bekorga ovoragarchilik soqqa ketirib o'tirib nima qilasila))

Ummu Abdulloh: Hammasi saylovsiz ham aniqku

Dilyuw Zayni: Yana xalqni axmoq qilyapti. Nima uchun siz bizni bunchalik yaxshi ko'rasiz...

Sabohat Normurodova: Menimcha Sh.Mirziyoevga eng munosib raqib R.Inoyatov edi.

Yooog'e. Rustam Inoyatov MXX boshlig'imi? Yog'e kerakmas

Davronbek Tojialiyev: Bu erda R.Inoyatov nomzod bo'lsin deyilmayapti. Sh.Mirziyoevga vaznda teng raqiblar bormi o'zi? degan savolga misol tariqasida javob keltirilyapti.

Bobur Kamol: Inoyatov hech qachon bu lavozimga o'z nomzodini qo'ymaydi. U shundoq ham panadagi eng qudratli shaxs. Azimovni nomzodini qo'yishini kutgan edim men.

Abu Umar: O'zbekiston demokratiyaning vatani desam odamlar ishonmasdi. Mana isbot. :)

Mahzuna Husayn: Juda zerikarli.

Abon Jon: Kamchiqim bo'lishi uchun prezidentni parlament saylagani ma'qul :)

Abu Umar: 0/147 nisbat bilan saylaydigan parlamentmi? :)

Abon Jon: Nazariy jihatdan parlametda o'tirganlar xalq vakillaridir, demak, prezident saylovida ular xalq irodasini namoyish etadi. Umumxalq saylovi uchun ketadigan pullarga achinaman xolos :)

Abu Umar: Amaliy jihatini yozib, internet va vaqtizni sarflab o'tirmang unda :)

Ramzbek Hamdamov: Essiz shuncha harakat, essiz shuncha harajat.

Olmosbek Mallabaev: Sh. Mirziyoev uz-uzidan yagona loyik nomzod. Boshka nomzodlar maxalla kumitasi raisi lavozimiga xam loyik emas.

Abu Firdavs: Bu qurqmasdan gaprishizdan sizdayam bir gap bor shekilli,shu tempda ketsez aniq sizgayam bitta urin berishadi

Davronbek Tojialiyev: Avval saylovoldi va'dalari (uzr, dasturlari) bilan tanishaylik. Tahlil qilaylik, so'ng bir gap bo'lar.

Bakhtiyor Sheraliev: Bu gal ham saylash huquqimdan foydalanmay qo'ya qoladiganga o'xshayapman!

Ruzibay Azimiy: Bu 4 kishining orasida prezidentga loyiq inson yuq...

Shukurjon Islomov: Tanishib nima qilas, "Isloxotlarning ustuvor yunalishlarda izchillik bilan yanada rivojlantiramiz" deyiladi va xech narsani tushunmay utiraveramiz))

Asadbek Karimov: Ovozimiz muhimmikin?

Ravshanbek Xusanov: Xojiboy Tojiboevning bir gapi bor edi "Borip nima qilasan, baribir 2-1 bo'ladi". ))

Jahongir Husanov: Qaysi biri "OVIR"ni yo'q qilaman desa, bitta ovoz naqd :)

Mansur Ahrorov: OVIRni bo'lgani yaxshi....

Jahongir Husanov: Nega?! Shimoliy Korea yolg'izlanib qolmasligi uchunmi?!

Olmosbek Mallabaev: OVIR ni tarixga muxrlash kerak.

Uzbek Turkiy: fakat karindoshlari ovoz bersa kerak! Xar bittasi uzogi 4-5 ta dan ovoz oladi manimcha!

Bek Karimov: Anavu muholifatni ham chaqirish kerak edi. Kelilar sizlar ham shu yurt farzandisizlar sizlar ham nomzodilarni qo'yilar deb shunda haqiqat ozgina bo'lsa ham bo'lardi.

Temur Egamberdiev: Alloh xayrli kilsin!

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring