Rossiyada Davlat Dumasiga saylovlar

Image copyright AP
Image caption Президент Путин Москвалаги Фанлар Академиясида овоз берган.

18 sentyabr kuni Rossiya parlamentining quyi palatasi - Davlat Dumasi deputatligiga, shuningdek, ayrim hududlarda mahalliy rahbarlar va mahalliy parlamentlarga saylovida ovoz berish boshlangan.

Ovoz berish Rossiyaning vaqt farqi kuzatiladigan 11 hududida, shuningdek, mamlakatning xorijdagi elchixonalarida bo'lib o'tgan.

Aksar kuzatuvchilar Prezident Putinning "Yagona Rossiya"si bundan keyin ham Davlat Dumasida aksar o'rinlarni qo'lga kiritishini, shuningdek, hukumat siyosatini qo'llab-quvvatlaydigan partiyalar joy olishini bashorat qilmoqdalar.

Dumadagi deputatlik o'rinlari uchun 14 siyosiy partiya kurashga kirishgani xabar qilingan.

Shu kuni Rossiyaning to'qqiz hududi rahbari, 39 hududi parlamenti a'zolari ham saylanadi.

Image copyright AP

Rasmiylarga ko'ra, jami 94 mingdan ortiq saylov uchastkasi ochilgan va mamlakat ichkarisi va xorijdagi 111 million 600 Rossiya fuqarosi ovoz berish huquqiga ega insonlar sifatida ro'yxatga olingan.

Rossiya 2 yil oldin Ukraina nazorati ostidagi Qrim yarim orolini anneksiya qilganidan keyin bu hududda ham saylov boshlangan.

Anneksiya hamda Ukraina sharqidagi o'zlarini Donetsk va Lugansk xalq respublikalari deb e'lon qilgan hududlardagi bo'lginchilarni dastaklagani tufayli G'arb Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar joriy etgan va Rossiya bilan G'arb o'rtasidagi munosabatlar "Sovuq urush" davrlaridagidek yomonlashgan, Rossiya iqtisodi inqirozni boshidan kechirmoqda.

Biroq jamiyatdagi omma so'rovlari Putinning reytingi hamon yuqori ekanini ko'rsatmoqda.

Bu reyting balandligi 80 foizni tashkil etmoqda.

Kreml ommaviy axborot vositalari va jamiyatdagi norozilik kayfiyatlarini qattiq nazorat qilmoqda, aksar tahlilchilar nazarida muammolardan xoli ovoz berish janob Putin uchun 2018 yildagi prezidentlik saylovida to'rtinchi marta saylanishi uchun yo'l ochadi.

Saylov kunida qator qonunbuzarliklar kuzatilgani haqida shikoyatlar tushgan.

Xususan, Oltoy mintaqasida muxolifatdagi "Yabloko" partiyasi vakili yosh insonlar saylovda qatnasha olmagan keksalar o'rniga qayta-qayta ovoz berishgani haqida xabar qilgan.

Image copyright AP

Markaziy Saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova, agar bu xabarlar o'z tasdig'ini topadigan bo'lsa, ovoz berish natijalari bekor qilinishini, shuningdek, noto'g'ri axborot tarqatgani aniqlanadigan bo'lsa, shikoyatchilarga nisbatan jinoyat kodeksining tuhmat bandi bo'yicha ish qo'zg'atilishi mumkinligini aytg

Kievdagi Rossiya elchixonasi oldida to'qnashuv yuz bergan.

Toshkentdagi Rossiya elchixonasidagi saylov qutilari shaffof emasligi haqida shikoyatlar ham kelib tushgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook- BBC UZBEK

•Google+ BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.an.