Kashmirda vaziyat yanada taranglashdi

Image copyright AP
Image caption Мактаб ўқувчиси Носир Шафийнинг дафн маросими йирик норозилик намойишига айланиб кетган.

Hindiston rasmiylari xabar tarqatishicha, o'zlarining nazorati ostidagi Kashmirda Hindiston armiyasining 17 harbiysi o'ldirilg

Harbiylarning qurolli shaxslar hujumi qurboni bo'lganlari xabar qilinmoqda.

Hindiston rasmiylariga ko'ra, to'rt qurolli shaxs Uri shahridagi harbiy bazaga hujum qilganlar.

Askarlarni o'qqa tutib, granatalar uloqtirganlar.

O'rtada otishma bir necha soat davom etgani, hujumchilarning to'rttovi ham o'ldirilgani xabar qilinmoqda.

Bundan oldin Kashmir markazi Shrinagarda maktab o'quvchisi bo'lgan bolaning dafn marosimi yirik norozilik namoyishiga aylanib ketgan.

Nosir Shafiy 16 sentyabr, juma kuni yo'qolib qolgan.

Keyinroq uning jasadi topilgan, jasadda ko'p sondagi o'q izlari bo'lgan.

Hududda komendantlik soati e'lon etilgan va odamlarning to'planishi taqiqlangan.

Bunga qaramasdan, minglab kashmirliklar Nosir Shafiyning janozasiga yig'ilganlar.

Shu yil 9 iyulida Kashmirning Hindiston boshqaruviga qarshi qurolli qarshilik ko'rsatib keladigan guruhning harbiy qo'mondoni 22 yoshli Burhon Vaniyning o'ldirildi.

Bu hodisa Kashmirda noroziliklar yanada kuchayib ketishiga olib keldi.

O'shandan keyingi noroziliklarda 80 ga yaqin inson halok bo'ldi.

Qurbon Hayiti arafasida Kashmir rasmiylari komendantlik soati e'lon qildilar.

Armiyaga har qanday zo'ravonlikni bostirishga tayyor bo'lib turish buyrug'i berildi.

Hindiston rasmiylari xabar qilishicha, o'z nazoratlaridagi hududda komendantlik soati e'lon etilishi sababi, bo'lginchilarning norozilik amaliyotlari tashkil etishining oldini olish bo'lgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook- BBC UZBEK

•Google+ BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.an.