Rossiyada Ravon avtomashinalari narxi oshadi

Ravon Image copyright Getty Images

O'zbekiston avtosanoatining eksport uchun mo'ljallangan Ravon markali mashinalari narxi oshishi kutilmoqda.

Sputnik agentligiga ko'ra, Ravon avtomashinalari narxi yaqin vaqtda 20 ming rublga ko'tariladi.

Ilgari 390 ming rubl bo'lgan Ravon 409 ming rubl, ko'proq qulayliklarga ega modeli 509 ming rublgacha qimmatlaydi.

Narxlardagi o'zgarishlar, Ravon mashinalarining Rossiyada tobora ommalashib borayotgani bilan izohlangan.

Aytilishicha, keyingi paytda o'zbek mashinalariga talab yuqori, hatto uni etkazib berishga ulgurish ham qiyin kechmoqda.

Tahlilchilar fikricha, mashinalar narxi oshgani unga talabni tushirmaydi. Aksincha, rossiyalik ishqibozlarni o'zbek mashinalarining nisbatan arzonligi, tabiiy sharoitga mosligi, asosiysi xavfsizlik talablariga javob berishi qoniqtirmoqda.

O'zbekistonda Daewoo markasi ostida ishlab chiqarilgan mashinalar 2016 yilda Rossiyada Ravon nomi ostida sotila boshlangan.

Kompaniya Ravon markasi faqat Rossiya bozori doirasida rivojlantirilishi, Nexia, Gentra va qator boshqa modellar yangi brend ostida ishlab chiqarilishini aytgan.

Dastlab mutaxassislar ham Rossiya bozori uchun leyblning o'zgartirilishi o'zbek avtomobillarining Rossiyada shundoq ham qisqarayotgan bozoriga katta zarba bo'lishini bashorat qilishgan, 20 yil davomida yaratilgan brendni saqlab qolish kerakligini aytganlar.

Ko'rinishicha, o'zbek mashinalari o'tgan vaqt ichida Rossiya bozoridagi raqobatga bardosh bergan.

2015 yil boshida Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz O'zbek avtomobillari narxiga ham ta'sir qilgan, minglab mashinalar sotilmagan, narxi tushib ketgan.

GM shirkati Rossiya bozoriga Chevrolet Cobalt va Chevrolet Spark avtomobillarini etkazishni to'xtatishini, buni Rossiya bozorining mavhumlishi bilan tushuntirgandi.

Biroq bu O'zbekistonning ichida mashinalar narxiga hech ham ta'sir qilmagan.

2014 yilda Qozog'iston ham O'zbekistonda ishlab chiqariluvchi "Neksiya" avtomobillarini texnik reglamentga to'g'ri kelmasligi vajidan import qilishni to'xtatgan edi. Biroq, shu yil o'rtasida qozoq biznesmenlari yana o'zbek mashinalariga qiziqish bildirishgan. Aniqrog'i, Qozog'iston O'zbekiston bilan qo'shma korxona ochish borasida takliflar o'rtaga chiqqan.

Qozog'iston bilan hamkorlik istiqbollari muhokamasi o'zbek avtomobil sanoatidagi korruptsiya iddaolari yuzasidan jinoiy tekshiruvlar davom etayotgan paytga to'g'ri kelgan.

Aprel oyida "O'zavtosanoat" boshqaruv raisining o'rinbosari va "GM-Uzbekistan" qo'shma korxonasi bosh direktori Toxirjon Jalilovning lavozimidan chetlatilgani xabar qilingandi.

Davlat shirkati "GM-Uzbekistan" avtomobillarini sotish bo'yicha yirik korruptsion sxema amal qilishi haqidagi da'volarni rad etib chiqqan.

"GM -Uzbekistan"

O'zbekistonning ichki bozorida sotiladigan atomobillarning 90 foizdan ko'prog'i "GM -Uzbekistan" hissasiga to'g'ri keladi.

"General Motors" dunyoning boshqa bironta bozorida bu kabi yirik hissaga ega emas.

"GM-Uzbekistan" hissalarining 75 foizi O'zbekiston hukumatiga tegishli.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring