Рио-2016: Тарихийси бўлган Паралимпиада ёпилди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rio-2016: Tarixiysi bo'lgan Paralimpiada yopildi

O'tgan 11 kun davomida Rio Yozgi Paralimpiya O'yinlarida 4000 dan ziyod paralimpiyachi 23 sport turi bo'yicha sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.

Rio Yozgi Paralimpiadasida ja'mi 528 to'plam medal o'ynaldi.

Eslatib o'tish joiz, bu - Janubiy Amerika davlati mezbonlik qilayotgan birinchi Yozgi Paralimpiya O'yinlari bo'ldi.

Bundan tashqari, Rio Yozgi Paralimpiya O'yinlarida ilk bor Qochqinlar terma jamoasi ham ishtirok etdi.

O'zbekiston XV Rio Yozgi Paralimpiada O'yinlarini tarixiy natija bilan yakunladi:

32 ta paralimpiyachisi O'yinlarning 31 ta medalini qo'lga kiritdi.

Hisobidagi 31 ta medali bilan yakunida medallar jadvalida 76 ishtirokchi davlat orasidan 16-o'rinni egalladi.

Bu medallarning 8 tasi oltin, 6 tasi kumush va 17 tasi bronza bo'ladi.

Rio Yozgi Paralimpiya O'yinlariga ja'mi 58 ta yo'llanmani qo'lga kiritgan o'zbekistonlik paralimpiyachilar 5 sport turi bo'yicha sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.

O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Rioda qo'lga kiritgan medallarining soni bo'yicha Markaziy Osiyoda eng zo'r, sobiq Ittifoq va Osiyo qit'asida ikkita eng yaxshi natijadan bittasini ko'rsatdi.

O'zbekistonlik paralimpiyachilar, bundan tashqari, Rio Yozgi Paralimpiadasida 3ta jahon va 3 ta Yozgi Paralimpiya O'yinlari rekordini yangilashdi.

Tashkilotchilarga ko'ra, yakshanba kungi yopilish marosimi "Rio-de-Janeyro va Braziliyani tantana qilishning yana bir imkoniyati bo'lgan".

Image copyright Getty Images

O'yinlar 17(18) sentyabr kuni moliyaviy muammolar, chiptalar savdosi bilan bog'liq mushkulotlar va doping mojarosi sabab, Rossiya Paralimpiya terma jamoasi ishtirokiga mutlaq taqiq qo'yilishi manzarasida ochilgandi.

Bundan tashqari, shanba kungi velopoyga chog'ida yuz bergan halokatda eronlik velopoygachi Bahman Gilbarnejadning og'ir tan jarohati olib, so'ngroq kasalxonada yurak xurujidan hayotdan ko'z yumishi ham O'yinlarning so'nggi kuni fazosiga o'z soyasini solmay qo'ymagan.

Yakshanba kungi yopilish marosimi chog'ida ham uning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi.

Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi yuz bergan halokat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.

Yopilish marosimi so'nggida esa, Paralimpiya mash'alasi o'chirildi va O'yinlar bayrog'i 2020 yilgi mezbon Tokioga topshirildi.

Rekordchi O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi 21 sentyabr kuni Toshkentga qaytadi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring