Atambaev salomatligi bois ta'tilga chiqdi

Atambaev Image copyright AFP

Qirg'iziston Prezidenti Almazbek Atambaev salomatligi yuzasidan qisqa muddatli ta'tilga chiqqan.

Prezident matbuot xizmatiga ko'ra, janob Atambaev yurak bilan bog'liq muammolar bois tibbiy tekshiruvdan o'tishi kerak bo'ladi.

Ta'til 2016 yil 1 oktyabrgacha davom etishi mumkin, deb aniqlik kiritgan matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Qirg'iziston Prezidenti ma'muriyati boshlig'i Farid Niyozovning Reuters agentligiga bildirishicha, Atambaevning sog'ligi qoniqarli, davlat rahbari tibbiy tekshiruvdan o'tib qo'yadi xolos.

19 sentyabrda Atambaev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasiga qatnashish uchun rejalangan safarni yuragi bilan bog'liq muammo tufayli bekor qilgani ma'lum bo'ldi.

Xabar qilinishicha, Bishkekdan Nyu Yorkka parvoz qilgan prezident uchog'i Istanbulga qo'nganida Atambaev o'zini yomon his qilgan.

Almazbek Atambaev 17 sentyabrda 60 ga to'lgan. 16-18 sentyabrda Bishkekda o'tgan MDH sammitida davlat rahbarlari Atambaevni tug'ilgan kuni bilan tabriklaganlar. O'zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Komilov muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoevning tabrigini yetkazib qo'ygan.

Atambaev respublika prezidentligiga uch marta o'z nomzodini qo'ygan.

Faqat uchinchi marta, 2011 yil 30 oktyabrda Qirg'iziston prezidentligiga saylandi.

Atambaev 2011 yil 1 dekabrdan Qirg'iziston rahbari lavozimiga kirishgan.

So'nggi haftalarda Atambaev bilan 2010 yil muvaqqat hukumat a'zolari o'rtasida uning mustaqillik bayramida so'zlagan nutqi orqasidan tortishuvlar kelib chiqqani kuzatilayotgandi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring