Oq masjid sahnidagi raqs tergov ostida

Оқ масжид Image copyright RIA NOVOSTI

Raqsga, yangi videoklipini olarkan, ochiq-sochiq sharqona libosda tataristonlik qo'shiqchi Rezeda Ganiullina tushgan.

Tatariston tergov idoralari esa, endi Bolgar shahridagi Oq masjid sahnida olingan "Jonim", deb nomlanuvchi ana shu videoklipni o'rganishmoqchi.

Bu klip dindorlarning his-tuyg'ularini oyoq-osti qilganmi, yo'qligi xususida bir xulosaga kelishmoqchi.

Agar, mazkur tergov ortidan jinoiy ish ochilgudek bo'lsa, qo'shiqchi jarimaga tortilishi yoki axloq tuzatish ishlariga jalb etilishi mumkin.

Rezeda Ganiullinaning o'zi esa, masjid sahnida ochiq libosda raqs tushgani uchun allaqachon kechirim ham so'ragan.

"Agar, bu videoklip kimningdir ko'nglini og'ritgan bo'lsa, uzr so'rayman. Bu - men sahnada mujassamlashtirgan obraz. Men, bundan tashqari, ijodimga befarq bo'lmagan barchaga o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman", - deb yozib qoldirgan qo'shiqchi o'zining "VKontakte"dagi akkauntida.

"Sharqqa oshiqman"

Rezeda Ganiullinaning aytishicha, "Sharqqa bolalikdan oshiq"va allaqachon ko'plab Sharq davlatlarida bo'lishga ham ulgurgan.

Qo'shiqchiga ko'ra, Oq masjid ana shu davlatlarda o'zi ko'rgan biror bir obidadan qolishmasligi bois, uning sahnida videoklip olishga qaror qilgan.

Rezeda Ganiullina, o'z navbatida, odamlarni Islomiy tartib-qoidalarga rioya etishiga ishontirishga ham uringan.

"Men kuniga besh mahal namozni ado etmasam-da, biror bir kunim "Bismilloh"siz boshlanmaydi. Mana, yaqinda bir qo'yni qurbonlik ham keltirdik. Xayr-sadaqa berishni ham hech qachon kanda qilmayman. Doimo odamlarga ko'mak berishga tayyorman", - deya bildirgan qo'shiqchi.

Ammo uning qizil rangli ochiq-sochiq libosda Bolgar shahridagi Oq masjid sahnida tushgan raqsi aks etgan videoklipi oshkor etilishi bilan Tataristonda bahsu munozaralar qizib ketgan.

Ayrim musulmonlar uni o'zlari uchun haqoratomuz, deb topishgan.

Tataristondagi din peshvolari Rezeda Ganiullinadan o'z videoklipini zudlik bilan ijtimoiy-muloqot tarmoqlaridan olib tashlashini so'rashgan.

Qozondagi Zakabannaya masjidi imomi qo'shiqchini "striptizchi", deb atashgacha borgan.

Tatariston muftiysi Komil Samig'ullin esa, masjid - raqs tushadigan joy emas, deya gapni kalta kesgan.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз -telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.