'Xorijiy fuqarolikni olish O‘zbek fuqaroligidan mahrum qiladi"mi?

'O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida' qonuniga o'zgartirish kiritilgan.

Unga ko'ra, xorijiy davlat fuqaroligini olish O'zbekiston fuqaroligini yo'qotishga sabab bo'lishi mumkin.

22 avgustda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tasdiqlagan "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida" qonunga o'zgartirishlarni 23 avgust kuni muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev imzolagan.

Qonun 24 sentyabrdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.

Fuqarolik to'g'risidagi qonunning o'zgartirish kiritilgan 21 moddasiga binoan, xorij fuqaroligini olgan fuqaro 39 kun ichida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari yoki o'sha mamlakatdagi elchixonalarni xabardor qilishi lozim.

Bundan tashqari, O'zbekiston Fuqaroligi to'g'risidagi qonunda quyidagi bandlar saqlanib qolishi aytilgan:

Xorijiy davlat armiyasi, xavfsizlik xizmati, adliya va boshqarish idoralariga ishga kirsa; xorijda doimiy yashovchi shaxs uzrli sababsiz besh yil davomida konsullik ro'yxatida turmasa; O'zbekiston fuqaroligi soxta hujjatlar bilan olingani aniqlansa; agar fuqaro O'zbekiston manfaatlariga zarar keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullangani aniqlansa; xorijiy davlat foydasiga faoliyat yuritib, tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi jinoyat sodir etsa, O'zbekiston fuqaroligidan mahrum etiladi.

Qayd qilinishicha, 26 moddaga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, xorijiy davlat fuqarosi bo'lgan bola O'zbekiston fuqarosi tomonidan farzandlikka olinsa, u boshqa davlat fuqaroligidan chiqqan holatdagina O'zbekiston fuqaroligini olish imkoniga ega bo'ladi.

Oldingi o'zgartirishlar

Image copyright Getty Images

Fuqarolik to'g'risidagi qonunga o'zgarishlar bundan oldin 2015 yil avgustida kiritilgan edi.

Islom Karimov 2015 yil 10 avgustda imzolagan qonunning o'zgartirish kiritilgan 21- moddasiga ko'ra, O'zbekistonda jamiyat va davlat manfaatlariga ziyon etkazgan shaxslar fuqarolikdan mahrum qilinishi aytilgan.

Boshqa davlat foydasiga ishlash, osoyishtalik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etib, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etkazganlar fuqarolikdan chiqarilishi belgilangandi unda.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.