Hukumat shaxsiy hayot daxlsizligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi

Image copyright Getty Images

O'zbekiston Jinoyat kodeksi va ma'muriy javobgarlik haqidagi qonun "shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik" uchun javobgarlikka tortishni ko'zda tutgan yangi moddalar bilan to'ldirilgan.

Kodeksga o'zgartirishlar 23 sentyabr kuni muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan.

Qonun 24 sentyabrdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.

Qonunning 46 moddasiga ko'ra, shaxsning roziligisiz u va oilasi siri haqida noqonuniy ma'lumot to'plash va tarqatganlik uchun eng kam ish haqining 10-40 barobar miqdorida jarimaga tortiladi.

Jinoyat Kodeksining 141 moddasiga binoan, ma'muriy javobgarlikka tortilganidan so'ng ushbu harakat qaytarilsa, eng kam ish haqining 50-100 barobar miqdorigacha jarima to'lashi yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi, yoxud 6 oygacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi ko'rsatilgan.

O'z harakati tufayli og'ir oqibatlarni keltirib chiqarganlik uchun eng kam ish haqining 100-200 miqdorida jarima yoki 1-3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi ta'kidlangan.

Image copyright Reuters

Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan shaxsiy hayot daxlsizligi bo'yicha qonunga binoan, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi aniq fakt va hodisalarni o'rganishni hukumat o'z zimmasiga oladi.

Parlament tekshiruvini o'tkazish qonunchilik palatasi va Senat deputatlaridan iborat komissiya zimmasiga yuklanadi.

Ushbu komissiya faoliyat olib borishda davlat idoralari va boshqaruv vakillari, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni jalb qilishga haqliligi qayd etiladi.

Bundan tashqari, deputatlar komissiyasi parlament tekshiruvi uchun zarur ma'lumotlarni davlat idora va tashkilotlari hamda fuqarolardan so'rashi, turli lavozimdagi shaxslarni ko'rsatma berishlari uchun chaqirishi mumkin.

Vaqtinchalik prezidentlik vazifasini bajarayotgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoev oxirgi haftalar ichida bir qator qonunlarni imzoladi.

"Ichki ishlar idoralari to'g'risida qonun", "Davlatning yoshlar siyosatiga oid" va "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida" qonun shular jumlasidan.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.