2014: O'zbek malikasining qulashi

GULNORA KARIMOVA Image copyright COURTESY

Bundan roppa-rosa chorak asr muqaddam O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan edi.

74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.

Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, marhum prezident Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'mori deb ko'riladi.

Ammo o'zbek xalqi mustaqillikka erishgani holda, ozod va farovon hayotga erishmagani haqida afsus bilan gapirayotganlar ham oz emas.

Mustaqillik e'lon qilingan 1991 yilning avgustidan buyon dunyo XXI asrga, axborot va texnologiya asriga qadam qo'ydi, O'zbekiston esa o'z tarixini qaytadan yozib chiqishga ulgurdi.

BBC solnomasi mustaqil O'zbekiston tarixining yozilmagan sahifalarini ham o'z ichiga olgan.

2014 yil marhum prezident Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova shuhrat cho'qqisidan quladi. Tijoriy saltanati parchalandi, sheriklari qamaldi.

O'zining esa uy qamog'iga olingani haqida xabarlar chiqdi. "Hatto tashqariga chiqa olmaymiz, bizni itdan battar ahvolda tutib turishibdi", deya twit qildi Gulnora Karimova. U o'zbek mulozimlarini tanqid qilishi va dunyoga ovoza bo'lgan yirik poraxo'rlik ishi manzarasida sahnadan ketdi.

Xuddi shu yilga kelib, 150dan ziyod yirik shirkat o'zbek paxtasini boykot qildi. O'zbekiston, nihoyat, bolalarni dalada ishlatishni to'xtatdi.

Ammo arzon bola mehnati tekin ishchi kuchiga almashtirildi.

2014 yil oxiriga kelib, biometric pasport olish muddati tugay boshladi.

Ham ichkari, ham tashqaridagi o'zbeklar orasida taloto'p va sarosima boshlandi.

Hozir yangi passport olish uchun ba'zilar yarim yillab tekshirilmoqda.

2014 yilga oid videolavhamizni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

2013: O'zbekiston "dangasalar" va "qullar" yurtimi?

2012: Karimovning urush tahdidi

2011: Poraxo'rlikda O'zbekiston yetakchiga aylandimi?

2010: O'sh qirg'ini o'zbeklar fojeasimi?

2009: Militsiya zo'rlagan qizlar fojeasi

2008: ... tezak yoqqan o'zbegim

2007: Dalaga haydalgan o'zbek bolalari dunyo nazarida

2006: O'zbekiston mardikorlar yurtiga aylandi

2005: Qonga botgan Andijon

2004: Aqliy sportdagi muvaffaqiyat

2003: Qiynoqlar va aro yo'lda qolgan Navoiy qabri

2002: Turkmanboshiga suiqasd, Yurtboshiga yangi muhlat

2001: AQShga yaqinlashuv, o'zgarish umidlari

2000: Kulgu bo'lgan saylov va minalangan chegara

1999: Toshkent portlashlari, cheklovlar va mahkamalar

1998: O'zbek ayollari mardikorga aylangan yil

1997: Umidni oqlolmagan "Umid" va ta'qiblardan qochgan Obidxon qori

1996: Milliy avtomobil va milliy jangarilar

1995: Yoqilg'isiz neft mustaqilligi va "cho'ntak partiyalar"ning tug'ilishi

1994 yil: So'mning "tug'ilib, bo'g'ilishi"

1993: Toshkentdagi otishmalar va muxolifatga bosimlar

1992: Prezidentning ilk qasamyodi va o'qqa uchgan talabalar

1991 yil: O'zbekiston qarsaklarsiz mustaqil bo'lgandi

1990: Karimov Mustaqillikka qarshi bo'lganmi?

"Mustaqillik yilnomasi"ni BBC UZBEK da tomosha qiling!

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring