O'zbekiston Janubiy Koreyadan 250 mln dollar qarz oladi

Toshkent aeroporti Image copyright PHOTO FLICKR ALEKSANDR ZYKOV

O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimovning Seuldagi muzokaralari so'nggida Janubiy Koreya bilan yangi hujjat imzolangan.

O'zaro bir-birini tushunish memorandumiga binoan, Janubiy Koreya O'zbekistonga 250 million AQSh dollari miqdorida qarz beradi, bu mablag' Toshkent aeroporti binosini qayta qurish hamda milliy ma'lumot markazini tashkil etishga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.

Janubiy Koreyaning Strategiya va Moliya vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi yangi bitim O'zbekistonda yangi infratuzilma loyihalarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan.

Yangi bitimda 250 million dollar Janubiy Koreyaning Iqtisodiy Taraqqiyot hamkorligi jamg'armasidan ajratilishi ko'zda tutilgan.

Toshkent aeroportining yangi xalqaro terminali va O'zbekistonning Milliy ma'lumot markazini barpo etishga O'zbekiston tarafi 100 million dollarga teng mablag' ajratishga qaror qilgani xabar berilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportining 4-terminalini shu yil boshlash, 2019 yilga borib qurilishni yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Loyihaga ko'ra, "Toshkent-4" terminali soatiga 1500, yiliga esa 5 million 700 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatishga qodir bo'lishi kerak.

Ushbu kelishuv O'zbekiston hukumatining prezident Islom Karimov vafotidan keyin o'zaro hamkorlik borasida erishgan dastlabki kelishuvidir.

O'zbekistonni 27 yil mobaynida boshqarib kelgan 78 yoshli Islom Karimovning 2 sentyabr kuni olamdan o'tgani xabar qilindi.

2003 yildan buyon Bosh vazir lavozimini egallab kelgan Shavkat Mirziyoev O'zbekiston muvaqqat prezidenti etib tayinlandi.

Prezidentlik saylovi 4 dekabrga belgilandi.

Islom Karimov vafoti munosabati bilan O'zbekiston rahbariyatiga ta'ziya izhor etar ekan, Seul rasmiylari Janubiy Koreya bundan keyin ham O'zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekanini ma'lum qildi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring