Samsung kir yuvish mashinalari portlashini tan oldi

Samsung kir yuvish mashinalari Image copyright Getty Images

Samsung Electronics shirkati o'zi ishlab chiqargan ayrim kir yuvish mashinalarining xavfsizligi bilan bog'liq muammolar mavjud ekanini tan olgan.

Bundan oldin AQShning Iste'mol tovarlari xavfsizligi bo'yicha komissiyasi Samsung kir yuvish mashinalari portlashi mumkinligi haqida ogohlantirish e'lon qilgan edi.

Komissiyaning bunday qaror qabul qilishiga Amerikadagi xaridorlardan kelib tushgan xabarlar sabab bo'lgan.

Iste'molchilar kir yuvish jarayonida mashina portlab ketganidan shikoyat qilganlar.

Samsung shirkati 2011 yilning mart oyidan 2016 yil apreligacha ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinalarida qusur borligini bildirgan, lekin aniq modeli hozircha aytilgani yo'q.

Samsung rahbariyati AQSh Iste'mol tovarlari xavfsizligi bo'yicha komissiyasi bilan o'z mahsuloti bo'yicha bundan keyin qanday yo'l tutish borasida muzokaralar boshlagan.

Bu Samsung o'zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifati bo'yicha shu oyning o'zida duch kelgan ikkinchi muammodir.

Sentyabr oyining o'rtasida AQShda Samsung Galaxy Note 7 smartfoni batareyasi o'z-o'zidan yonib ketishi yoki portlab ketishi mumkinligi e'lon qilindi.

AQShda qariyb 1 million dona Galaxy Note 7ni qaytarishga qaror qilingan.

Xarid egalariga smartfonini yangisiga almashtirish yoki pulini qaytib olish taklif qilingan.

Galaxy Note 7 batareyasi muammosi Samsung shirkatiga qimmatga tushgan.

Blumberg agentligi hisob-kitoblariga ko'ra, Janubiy Koreya shirkatining kapitalizatsiyasi 22 miliard dollarga pasayib ketgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring