Бензин қимматлаши мумкин
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Benzin qimmatlashi mumkin

BENZIN NARXI OSHADIMI?

Avtomobil yoqilg'isi qimmatlashi mumkinligi aytilmoqda.

Neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tashkiloti OPEC a'zolari erishgan bitimga ko'ra, oxirgi 8 yil mobaynida ilk bor neft qazib chiqarish qisqartiriladi.

Neft ishlab chiqaruvchi yirik davlatlar taklifni qisqartirish yo'lida kelishib oldilar.

Ushbu xabardan so'ng kecha neft narxi oshgani kuzatildi, lekin bugunga kelib yana tushdi.

2014 yili iyun oyida bir barrel neft narxi 115 dollar edi.

Lekin taklifning ko'pligi va talabning pastligi tufayli shu yil boshiga kelib 30 dollar bo'ldi.

Kelishuvga ko'ra, endilikda neft ishlab chiqarish kuniga 700 000 barrelga kamaytiriladi.

Lekin Eron ishlab chiqarishni ko'paytirish huquqini saqlab qolgan.

Shuning uchun ba'zilar kelishuv samara bermaydi demoqdalar.

Bitim tafsilotlari noyabr oyidagi OPEC anjumanida kelishib olinadi.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring