Nyu-Jersida temir yo'l halokati

Poezd halokatidan keyingi Xoboken stantsiyasidagi vaziyat Image copyright Getty Images
Image caption Poezd halokatidan keyingi Xoboken stantsiyasidagi vaziyat

Nyu-Jersi shtatidagi Xoboken temir yo'l stantsiyasiga yo'lovchi poezd borib urilgani oqibatida 100 dan ortiq inson jarohatlangan.

Hodisa 29 sentyabr kuni ertalab hamma ishga otlangan paytda ro'y bergan.

Yo'lovchi poezd kelib to'xtashi kerak bo'lgan joyda to'xtamasdan harakatlanishda davom etgan.

Poezd chiptani qo'yib o'tkazadigan to'siqlardan o'tib ketib, Xoboken vokzalining kutish zaliga chiqib borgan.

Poezd relsidan to'liq chiqib ketgan.

Temir yo'l stantsiyasining tomi qulab tushgan.

Nyu-Jersi shtati naqliyot mas'ullari xabar qilishlaricha, jarohatlangan insonlarning ayrimlarining ahvoli og'ir.

Ayrim xabarlarda uch inson hayotdan ko'z yumgani xabar qilingan.

Xoboken stantsiyasi Nyu-York shahridan 11 kilometrcha uzoqlikda joylashgan.

Xoboken va Nyu-Yorkni Xadzon daryosi ajratib turadi.

Ushbu stantsiya bir necha temir yo'l yo'nalishlarining oxirgi bekati va Manxettenga o'tishdagi muhim nuqta hisoblanadi.

• BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

• TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

• Instagram - BBC UZBEK

• Twitter - BBC UZBEK

• Odnoklassniki - BBC UZBEK

• Facebook - BBC UZBEK

• Google+ - BBC UZBEK

• YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

• Skype - bbcuzbekradio

• bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring