Sherali Jo'raevning qaytishi hali noma'lum

Sherali Jo'raev Image copyright COURTESY

Sherali Jo'raev, Yulduz Usmonova, Obid Asomov kabi san'atkorlar katta sahnalarga qaytayotgani hamda ularga teleradio eshiklari qayta ochilayotgani haqida ziddiyatli xabarlar kelmoqda.

O'zbekiston Xalq Artisti Sherali Jo'raevga yaqin ikki manba ham bu gaplar hozircha mish-mish ekanini aytishdi.

Shou biznesdagi san'atkorlarga yaqin bo'lgan BBC manbasi esa: "Hozir mish-mishlar shu qadar bolaladiki, hatto san'atkorlarning o'zlari ham bu gaplarga ishonib qolishdi", deydi.

"Avvalo bunday gap chiqishiga oldinroq siyosatda Karimov davrida qoralanib, ishdan ketgan bir qancha kishilarning lavozimiga qaytgani ham turtki bo'ldi, deyish mumkin. "Mana ular qaytyapti, bular ham qaytsa kerak", degandek... Lekin Sherali Jo'raevning sahnaga qaytgani rasman tasdiqlangani yo'q. "O'zbeknavo"dagilar ham hayron bu gaplardan. Har ehtimolga qarshi deb Sherali Jo'raev bir nechta chet el safarlarini bekor qilganini bilaman", deya qo'shimcha qiladi u.

BBC manbasining aytishicha, Yulduz Usmonova va Obid Asomov haqida tarqalgan gaplar hozircha mish-mish bo'lib qolmoqda.

Biroq Yulduz Usmonovaning nomidagi Instagram sahifasida: "Gullar uchun rahmat. Istiqlolda uchrashguncha" deya qoldirilgan izoh bu xabarga qiziqishni yanada kuchaytirgan.

Bu haqdagi lavhamizni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring