'Bo'kada maktab o'quvchisi o'zini osdi'

Bo'ka Image copyright Urlaeva

O'zbekistondagi nodavlat Inson huquqlarini himoya qilish alyansi xabar berishicha, 2016 yil 23 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo'ka tumani Oytepa posyolkasi 20- o'rta maktab 9- sinf o'quvchisi Dilrabo Panjieva o'z joniga qasd qilgan.

Alyansga ko'ra, shu yilning iyul oyida ham ushbu maktabning 7- sinf o'quvchisi o'zini osib qo'ygan.

Huquq faoli Elena Urlaeva Bo'ka tumanining 20- maktab o'quvchilari orasida sodir bo'lgan fojeali hodisalar to'g'risida militsiyaga bildirib, qizlarning o'limi faktini tekshirishni talab qilgan.

Image copyright Urlaeva

BBC 26 sentyabrda yuz bergan fojea tafsilotlarini aniqlashtirish uchun Bo'ka tuman hokimiyatiga hamda tuman maorif bo'limiga qo'ng'iroq qildi.

Bo'ka tuman maorif bo'limi mudiri Muhammad Azimovning aytishicha, 26 sentyabrda o'zini osgan qiz maktab o'quvchisi bo'lmagan. "Agar u maktab o'quvchisi bo'lganida men undan xabar topgan bo'lardim, mening xabarim yo'q bundan, dedi u. Shuningdek, iyul oyida o'z joniga qasd qilgan 7 sinf o'quvchisining o'limini esa kasallik bois, deb izohladi Bo'ka tuman maorif mudiri.

Ayni paytda faollar Elena Urlaeva va Malohat Eshonqulova mazkur hodisalar yuzasidan o'zlarining shaxsiy tekshiruvlarini o'tkazmoqchilar.

Ularning so'zlariga ko'ra, bolalar o'limining oldini olish, uni keltirib chiqarayotgan sabablarni bartaraf etish uchun mahalliy xukumat zarur choralarni ko'rishi lozim.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring