Toshkentda ilgari yopilgan ko'chalar ochilmoqda

Toshkent ko'chalari Image copyright Gazeta.uz

Poytaxt Toshkentda bundan avval to'sib qo'yilgan bir qator ko'chalarni ochish boshlangan.

Jumladan, shanba kuni Mustaqillik prospekti bilan kesishgan yo'llarni ochishga tayyorgarliklar ko'zga tashlangan.

Mustaqillik prospekti va Abdulla Qodiriy ko'chalari kesishgan, Hamid Olimjon maydoniga olib chiqadigan yo'l qismiga qurilish texnikalari olib kelingan.

Bu yo'nalishlarda harakat qachon to'liq yo'lga qo'yilishi ma'lum emas, biroq ish qizg'in ketayotgani ko'rinadi suratlarda.

Oloy bozori yonidan o'tuvchi bu yo'llarning ochilishi aholiga ancha qulaylik tug'dirishi, yo'l harakati tirbandligini kamaytirishi kutilmoqda.

Shuningdek, o'tgan yil iyul oyida yopilgan Mustaqillik ko'chasining 7-Sayram ko'chasi kesishgan chorraha ham yaqin kunlarda ochilishi xabari toshkentliklarni quvontirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda shaharliklar boshlanayotgan o'zgarishlar ishga va uyga borishni yengillashtirishini aytganlar.

Mustaqillik prospektining Oqqo'rg'on ko'chasi chorrahasida ham qatnov tiklanishi xabar qilinadi.

Ushbu yangilik ko'pchilikni xursand qilgan, ba'zi ota-onalar Sayram ko'chasining ochilishi 71 maktabga bolalarini olib borish yo'lini bir kilometrga yaqin qilishini aytganlar.

Shuningdek, shahar markazidagi Oybek va Fidokor ko'chalari kesishgan qismidagi piyodalar yo'lagi, Shastri-Pushkin chorrahasi, Sharof Rashidov ko'chasi, Navoiy va Qodiriy ko'chalaridagi yopiq qismlar ochilishidan umid bildirishgan ular.

Bir qator poytaxtliklar "shahar hokimiyati yashasin!", "Shavkat Mirziyoevga hurmat, rahmat!" - deya o'z xursandchiliklarini izhor etganlar.

Image copyright Gazeta.uz

Marhum prezident Islom Karimov hayotligida uning Do'rmon qarorgohiga olib boradigan yo'nalishda bir qator yo'llar xavfsizlik nuqtai nazaridan yopilgan.

U joylar yashil hududga aylantirilgan yoki to'siq o'rnatilgan edi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring