Тошкент ҳам пахта сафарбарлигидан четда эмас
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Toshkent ham paxta safarbarligidan chetda emas

Paxta safarbarligi poytaxt Toshkentni ham chetlab o'tayotgani yo'q.

"Toshkent shahri bo'yicha sonini man aniq ayta olmayman, lekin tibbiyot xodimlari, maktab, o'quv-yurtlari o'qituvchilari va xizmatchilari paxta terimiga majburiy jalb etilgan. Shartlar qo'yilgan, kim borolmasa yoki borishni istamasa, 400 dan 600 minggacha (so'm) pulini berishi kerak", deydi inson huquqlari faoli Surat Ikromov.

Faolning aytishicha, yig'ilgan pullarga Toshkent shahriga viloyatlardan ish izlab kelgan mardikorlar yollanadi.

Surat Ikromovning aytishicha, bu yilgi safarbarlik o'tgan yillardagiga qaraganda kuchaytirilgan deyish mumkin.

"Bu yil talablar sal kuchaytirilgan. Mahalla raislari... militsiya jalb etilgan. Bir xil joylarda tushuntirish ishlarini olib borishyapti... bir xil joylarda qo'rqitish... ishdan bo'shatish yoki mahallalarda bolalarga beriladigan nafaqani bermaslik bilan qo'rqitirishlar bor. Endi bu holatlar o'tgan yil ham bo'lgan. Lekin, bu yili qattiqroq qarashyapti", deya qo'shimcha qiladi u.

Paxta terimi boshlanishi oldi O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi o'zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilish maqsadi ko'zlangan amaliyotga qo'l urgan.

Image copyright COURTESY

Kimki, o'z ixtiyoriga qarshi paxta terimiga chiqishga majbur etiladigan bo'lsa, mobil telefonidan 1092 raqamiga qo'ng'iroq qilib, ushbu qonunsizlik ustidan Kasaba uyushmalari federatsiyasiga shikoyat etishni maslahat bergan. Ammo, huquq faolining aytishicha, hamma ham bundan boxabar em

"Ayniqsa, o'sha qishloqda yashaydiganlar... shaharda yashaydiganlarning ham hammasiga yetib bormaydi", deydi Surat Ikromov.

Bi-bi-siga kelayotgan xabarlarda hozir respublikadagi aksar viloyatlar maktab, o'quv yurtlari o'qituvchilari paxta terimiga jalb qilingani haqida aytiladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.