BBC arxividan: "Ollohga oshiq Farg'ona" qanday tasvirga olingandi?

Abdulhakim ota Vosiev

1991 yili sobiq SSSR respublikalari mustaqillikka erishganidan keyin yangi davlatlar o'z rivojlanishida qanday yo'nalishni tanlaydilar, degan savol paydo bo'ldi.

Ana shu savolga javob o'laroq, BBC Markaziy Osiyoning yangi mustaqil davlatlari haqida hujjatli film tasvirga olishga qaror qildi.

1992 yili BBCning tasvirga olish guruhi mintaqa respublikalariga safar qildi va "Ollohga oshiq Farg'ona" hujjatli filmini tayyorladi.

BBC Markaziy Osiyo Xizmatining rahbari Hamid Ismoil "Ollohga oshiq Farg'ona" hujjatli filmini tasvirga olishda ishtirok etgan.

"30 daqiqalik hujjatli film efirga ketgan, lekin soatlab tasvirga olingan videotasmadagi yozuvlar kadr ortida qolib ketgan", deydi Hamid Ismoil.

BBC O'zbek xizmati hujjatli filmga kirmay qolgan kadrlarni o'z mushtariylari e'tiboriga havola etishga qaror qildi.

Ushbu lavhada marg'ilonlik taniqli ulamo Abdulhakim ota Vosiev bilan suhbatning to'la varianti o'rin olgan.

"Ollohga oshiq Farg'ona"

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring