Estoniyada ilk bor ayol kishi prezident bo'ldi

Estoniyaning yangi prezidenti Image copyright EUROPE.EU
Image caption Estoniyaning yangi prezidenti

Estoniyada ilk bor ayol prezident qudratga kelgan.

Kyorsti Kalyulaydni dushanba kuni parlament saylagan.

Estoniya prezidentligi uchun saylovda qatnashgan 98 deputatning 81 nafari Kalyulayd xonimga ovoz bergan.

Qolgan deputatlar qarshi bo'lishgan.

Ammo g'alaba uchun Kalyulayd xonimga faqat ovozlarning uchdan ikkisi kifoya bo'lur edi.

Estoniya parlament respublikasi sanaladi.

Shuning uchun ham prezidentning vakolatlari keskin cheklangan.

Prezidentlik konstitutsiyaga binoan ko'proq ramziy ahamiyat kasb etadigan lavozimdir.

Bundan avval mamlakat parlamenti ikki bor prezident saylashga harakat qilgan, ammo hech bir natijaga erishmagandi.

Delfi ma'lumotlariga ko'ra, 46 yoshda bo'lgan Kalyulayd xonim biologiya bilan bir qatorda biznes yuritish sohasida ta'lim olgan.

Uning ilk yirik lavozimi o'tgan asrning to'qsoninchi yillari oxirida Hansapank bankida sarmoya loyihasiga rahbarlik bo'lgan.

1999 yildan Kalyulayd xonim Bosh vazir Mart Laarning iqtisod masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimda ishlay boshlagan.

Kalyulayd xonim 2004 yildan beri Ovro'po Ittifoqining audit palatasida ishlagan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring