AQSh Rossiya bilan Suriyaga doir hamkorlikni to'xtatdi

Suriya Image copyright EPA
Image caption Suriya

AQShning Rossiya bilan Suriyaga doir hamkorlikni to'xtatishidan Kreml o'z taasuflarini izhor etdi.

"Bizning nazarimizda, aftidan Amerika Damashqda hokimiyatni o'zgartiraman deb hatto "shayto bilan ham kelishuvga" borishga tayyor. Ya'ni tarixni ag'dar-to'ntar qilishga tayyor eng ashaddiy terrorchilar bilan ham hamkorlikdan tortinmayapti", deb izoh bergan Moskva tomoni.

"Agar Suriya Amerikaning ayni qarori bilan terrorchilarning yangi zarbalariga nishon bo'ladigan esa, bu Oq Uyning aybi bo'ladi. Vashington hozir Suriya xalqiga qanday kelajak istashini taroziga qo'yib ko'rishi kerak...".

Avvalroq AQSh Suriyada vaziyatni barqarorlashtirishga doir Rossiya bilan hamkorlikni to'xtatishi haqida bayonot bergan edi.

AQSh Davlat departamentining vakili Jon Kirbiga ko'ra, "Amerika tomoni uchun bu kabi qaror berish oson bo'lmagan".

"Rossiya o'zaro kelishuvda harbiy harakatlarni to'xtatish haqida qarorni bajarmagan".

Shunga qaramay, AQSh Davlat departamentining vakili Moskvaga safar qilishi va Qrim borasida muzokaralar o'tkazishi kutilmoqda.

Qrim 2014 yilda Rossiyaga qo'shib olingan Ukrainaning hududidir.

Rossiyaning Ukrainaga doir siyosatidan norozi AQSh va qator G'arb davlatlari Moskvaga nisbatan jazo choralarini joriy qilishgandi.

Rossiya Suriyada harbiy amaliyotlarni boshlaganiga bir yildan oshdi.

Rasman bu amaliyotlar IShID kabi jangari guruhlarga qarshi ekani aytiladi.

Ammo yetakchi Arab davlatlari Moskva Suriya prezidenti Assadni dastaklayotganiga ishonadi.

Inson haqlari tashkilotlariga ko'ra, Rossiyaning havo hujumlarilaridan minglab insonlarning yostig'i qurigan.

Ular orasida tinch aholi vakillari va bolalar ham oz emas.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring