"Jahon Banki O'zbekistondagi majburiy mehnatga e'tibor qaratsin!"

Olot Image copyright Urlaeva

O'zbekistonning Jahon Banki loyihalariga jalb qilingan tumanlarida paxta yig'im terimida majburiy mehnatdan foydalanilmoqda, deb xabar beradi Toshkentdagi nodavlat Inson haqlarini himoya qilish alyansi.

Jahon bankining O'zbekistonga investitsiya kiritishining asosiy shartlaridan biri majburiy mehnatdan voz kechish hisoblanadi.

Oldinroq, faollardan iborat "Qo'rqmaslar" guruhi Bo'ka tuman paxta dalarida ko'p sondagi shifokor va o'qituvchilar, tarbiyachilar paxta terayotganlariga guvoh bo'lgan edi.

Image copyright Urlaeva

Alyansning bildirishicha, Buxoro viloyati Olot tumanida ham shifokorlar har kuni ertalab soat 4 dan avtobuslarda paxta dalalariga olib ketilmoqda. Biroq dalalarda paxta deyarli qolmagan sababli, shifokorlar 4-5 kilogramdan paxta terishlariga to'g'ri kelmoqda.

Huquq faollari bir qator o'qituvchilar, shifokorlar bilan suhbatlashganlar.

Jumladan, 28 maktab direktori Norqul Safarovning aytishicha, Olot tuman maktablarining 50 foiz o'qituvchilari paxtaga olib chiqilmoqda.

Talabalar paxtaga olib chiqilishi rad qilinayotgan bo'lsada, qishloq xo'jaligi va kasb kollejlarining talabalari yotalay paxtaga jalb qilinganlar.

Paxta terimidan "Olot hayoti" tuman gazeti xodimlari ham chetda emas.

Alyans faollari kuzatuvlarini davom ettirib, Samarqand viloyatida bo'lganlar.

Pastdarhom tumanida ham xuddi shunday shifokorlar, o'qituvchilar va kollejlarning uchinchi bosqich talabalari paxta terishyapti.

Mahalliy yashovchilarning bildirishlaricha, Pastarg'om tumani hokimi kechki soat 8 dan tungi 3 gacha majlis o'tqazib, rahbarlardan paxtaga chiqadiganlar soni ko'paytirishni talab qilmoqda.

Bu voqealardan voqif bo'lgan alyans faollari Jahon banki va Xalqaro Mehnat tashkilotiga murojaat qilib, O'zbekistonda majburiy mehnat qo'llanilayotgani faktlariga e'tibor qaratishga chaqiradi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring