Turkiyada 12 ming politsiyachi bo'shatildi

Turkiya Image copyright Getty Images

Turkiya hukumati 12,8 ming politsiya xodimini ishdan bo'shatgan.

Turkiya politsiyasiga ko'ra, ular shu yilning iyul oyida amalga oshmagan davlat to'ntarishini tashkilotchisi deb ko'rilgan diniy ulamo Fethulloh Gulenga aloqadorlikda gumon qilinganlar. Shuningdek, rasmiy Anqara dushanba kuni mamlakatda favqulodda holatni yana uch oyga uzaytirishga qaror bergan.

Xabarga binoan, politsiyaning 2,5 ming rahbar xodimlari lavozimidan olingan.

Oxirgi oylarda mamlakatda davlat to'ntarishiga aloqador hibslar va iste'folar oqimi kuzatilgan.

Shu paytgacha jami 100 ming davlat xizmatchisi, xususan, o'qituvchilar, sudya va prokurorlar, boshqa kasb egalari ishlaridan ayrilgan.

Turkiya hukumati to'ntarishga urinishdan so'ng armiya saflarida qator tozalashlarni amalga oshirdi.

Gulenga bog'liq deb ko'rilgan minglab tashkilotlar yopildi. Ular qatorida maktab va oliy o'quv yurtlari, xayriya fondlari, kasaba uyushmalari va boshqalar bor.

Shuningdek, rasmiy Anqara dushanba kuni mamlakatda favqulodda holatni yana uch oyga uzaytirishga qaror bergan.

Kuzatuvchilarga ko'ra, bu hukumatga hamma sohalar bo'yicha ommaviy hibslarni davom ettirish imkonini beradi. Iyul oyidan beri qamalganlar soni 32 mingdan oshgan.

Ayni paytda Turkiyadagi qamoqxonalar mahbuslarni sig'dira olmay qolgan. Prezident Epdo'g'on yangi hibsga olinganlar uchun joy bo'shatilishi uchun 38 ming insonni avf qilishiga to'g'ri kelgan.

Ikkinchidan, Turkiya Konstitutsiyasiga o'zgartirishlarlarga tayyorgarlik nihoyasiga yetkazilishi mumkin. Prezident Erdo'g'onning o'zi mamlakat parlamentidagi chiqishida bu haqda gapirgan.

Favqulodda holat hukumatga ko'proq vakolat beradi.

Janob Gulenning o'zi to'ntarishga aloqasi borligini rad qiladi. AQShda ixtiyoriy quvg'inlikda yashovchi diniy ulamo Fathulloh Gulen agar ayti isbot etilsa, Turkiyaga qaytishga va'da bergan edi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - bbcuzbekradio

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring