Мирзиёев ва Конституция: собиқ Адлия вазири билан суҳбат
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Mirziyoev va Konstitutsiya: sobiq Adliya vaziri bilan suhbat

O'zbekistonda Islom Karimovning vafoti ortidan boshlangan hokimiyat o'tish jarayoni mamlakatda qonun ustuvor bo'lgan bir davlat va jamiyat barpo etish borasidagi umidlarni kuchaytirgan.

Vaqtincha Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev "Ichki ishlar idoralari haqida"gi va boshqa o'nga yaqin qonunlarni imzolagan.

Ammo janob Mirziyoevning tanqidchilari Bosh vazir Konstitutsiyaning 96-moddasiga xilof ravishda vaqtincha Prezident etib tayinlangani va hozirning o'zida mamlakat asosiy qonunini oyoq osti qilganini aytishadi.

O'zbekiston hukumatining bosh huquqshunosi Akmal Saidovning Konstitutsiya buzilmagani haqidagi mashhur izohi ham bu boradagi shubhalarni butkul tarqatib yuborolgani yo'q.

O'zbekistondagi huquqiy makonda yuzaga kelayotgan vaziyatni biz hozirda AQShda yashayotgan O'zbekiston Oliy Sudining sobiq raisi, sobiq adliya vaziri va O'zbekistonning AQShdagi birinchi elchisi Muhammad-Bobur Malikov bilan muhokama qildik.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring